12 136.920 so‘m

increase

14.850

14 191.700 so‘m

increase

4.030

159.990 so‘m

increase

3.600

12 136.920 so‘m

increase

14.850

1 kun avval
Bozor
115

Yangi rekord: Oʻzbekistonda oltin narxi bir yil ichida 65 foizga oshdi

Bir gramm oltin qiymati 1,94 mln soʻmga yetib, bir kun ichida 2,5 foizdan ortiq oshdi. Yil boshidan buyon narxlar 12 foizdan koʻproqqa qimmatlashgan. Soʻnggi bir yil ichida esa oltin narxi 65 foizdan ortiq oʻsdi.

Yangi rekord: Oʻzbekistonda oltin narxi bir yil ichida 65 foizga oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

22 yanvar kuni Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi navbatdagi rekordni qayd etdi.

Ayni paytda bir gramm oltinning narxi 1 943 380 soʻmni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich bir kun ichida 2,56 foizga oshdi. Natijada 5 grammli oltin quymaning qiymati 9,7 million soʻmdan oshdi.

Yil boshidan buyon mamlakatda qimmatbaho metall narxi 12,2 foizga qimmatlashgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan hisoblanganda esa oltin narxi 65,2 foizga oshgan. Joriy yil boshidan buyon oltin narxi besh marta rekord yangiladi.

21 yanvar kuni jahon bozorida oltinning bir unsiyasi tarixda ilk bor 4 879,1 dollarga yetdi. Bugun esa narx biroz pasayib, xabar tayyorlanayotgan paytda bir unsiya oltin 4 827 dollar atrofida savdo qilinmoqda.

Oltin narxi bilan 2026 yilda nimalar sodir boʻladi?

Pinkod avvalroq 2026 yilda oltin narxio bilan nimalar sodir boʻlishi haqida maqola eʼlon qilgan edi. Unda yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar baholashlari asosida oltin narxi uchun prognozlar keltirib oʻtilgan.

Goldman Sachs oltin narxi 2026 yil oxiriga kelib unsiyasi uchun 4 900 dollarga yetishini kutmoqda.

JPMorgan 2026 yil IV choragida narx 5 000 dollar atrofida boʻlishini, uzoq muddatda esa 6 000 dollargacha chiqishini istisno qilmaydi.

Yirik moliyaviy institutlarning konsensus fikri (umumiy fikri) oltinning yil oxiriga kelib 4 400 va 5 300 dollar oraligʻida barqarorlashishini, yuqori ssenariylarda esa 6 000 dollar yoki undan koʻproqqa yetishini koʻrsatmoqda. 

Toʻliq maqola bilan quyida tanishish mumkin:


2026 yilda oltin narxi bilan nimalar sodir boʻladi — Prognoz


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+