“Poytaxt bank” kuzatuv kengashi barcha aʼzolarining vakolatlari muddatidan avval tugatildi
“Poytaxt bank” AJ kuzatuv kengashi toʻliq yangilandi.
Yagona aksiyador qarori bilan kengashning avvalgi tarkibi vakolatlari muddatidan avval tugatildi.
Yangi tarkibga Otabek Mustafayev rais etib saylanib, kengashga ikki nafar xorijiy mutaxassis kiritildi.

“Poytaxt bank” AJ kuzatuv kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda bankning yagona aksiyadori tomonidan tegishli qaror qabul qilingani maʼlum qilingan.
Qarorga muvofiq, bank kuzatuv kengashining quyidagi aʼzolarining vakolatlari muddatidan avval tugatildi:
- Vaxabov Farrux Abduraximovich
- Muhammad Vasim Hayata
- Mirzaqulov Tolibjon Oltinovich
- Baxadirov Ulugʻbek Xodjitoʻrayevich
- Shokirov Farxod Mansur oʻgʻli

Farrux Vaxabov shu vaqtgacha bank kuzatuv kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, Muhammad Vasim Hayata va Farxod Shokirov ham 2024-yil oxiridan buyon kuzatuv kengashi aʼzolari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur shaxslar oʻrniga bank kuzatuv kengashining yangi tarkibi quyidagicha tasdiqlandi:
- Mustafayev Otabek Sadikovich — Kuzatuv kengashi raisi
- Xamdamov Sardor Baxtiyor oʻgʻli — Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari
- Saparov Baxodir Aktamovich — mustaqil aʼzo
- Valid Jaafar — kuzatuv kengashi aʼzosi
- Sed Nasan Shaheryar — kuzatuv kengashi aʼzosi









