12 048.040 so‘m

decrease

-51.140

14 062.470 so‘m

decrease

-71.790

153.280 so‘m

decrease

-0.540

12 048.040 so‘m

decrease

-51.140

16 soat avval
Bozor
49

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket ikkinchi kun rekord oʻrnatdi

13 yanvar kuni Oʻzbekistonda oltinning bir gramm narxi 1,84 mln soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich avvalgi kunga nisbatan 2,3 foizga yuqori. Oʻsish jahon bozoridagi rekord narxlar fonida kuzatilmoqda.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket ikkinchi kun rekord oʻrnatdi
Foto: AI/Pinkod.uz

13-yanvar kuni Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi yana tarixiy maksimumni qayd etdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, bir gramm oltinning narxi 1 843 060 soʻmni tashkil etib, avvalgi kunga nisbatan 2,3 foizga oshdi.

Ayni paytda oltin quymalarining sotish va qaytarib sotib olish narxlari quyidagicha shakllangan:

13.01.2026

Ogʻirligi

Sotish narxi        

 

Qaytarib sotib olish narxi

qadogʻi but holatda qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda

5 gramm

9 215 000 soʻm

8 857 000 soʻm

8 768 000 soʻm

10 gramm

18 431 000 soʻm

17 715 000 soʻm

17 536 000 soʻm

20 gramm

36 861 000 soʻm

35 430 000 soʻm

35 072 000 soʻm

50 gramm

92 153 000 soʻm

88 574 000 soʻm

87 680 000 soʻm

100 gramm

184 306 000 soʻm

177 148 000 soʻm

175 359 000 soʻm

Jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy rekordlarni yangilashda davom etmoqda. 12 yanvar kuni bir unsiya oltin narxi 4 600 AQSh dollarigacha koʻtarildi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metall 4 584 dollar atrofida savdo qilinmoqda.

Qimmatbaho metallarga boʻlgan talab AQSh prezidenti Donald Tramp va Federal rezerv tizimi (FED) rahbariyati oʻrtasidagi asosiy foiz stavkasi boʻyicha kelishmovchiliklar fonida kuchaymoqda. Tramp iqtisodiy faollikni tezlashtirish maqsadida pul-kredit siyosatini jadallik bilan yumshatishni talab qilmoqda.

FED raisi Jerom Pauell 11 yanvar kuni AQSh Adliya vazirligi tomonidan Vashingtondagi regulyator binosini rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, Tramp maʼmuriyati asosiy stavkani belgilashdagi mustaqil siyosat sabab Federal rezerv tizimiga bosim oʻtkazmoqda.

Shuningdek, AQSh mehnat bozorida eʼlon qilingan kutilganidan sust koʻrsatkichlar hamda dollar kursidagi bosim oltin narxining yanada oshishiga qoʻshimcha omil boʻlmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+