12 128.020 so‘m

increase

29.900

14 419.000 so‘m

increase

65.790

158.520 so‘m

decrease

-0.120

12 128.020 so‘m

increase

29.900

18 soat avval
Bozor
53

Oʻzbekistonda oltin narxi ketma-ket oltinchi kun rekord oʻrnatdi

27 yanvar kuni bir gramm oltin 2 mln 37 ming soʻmga yetdi, bu bir kun avvalgi koʻrsatkichdan 1,5 foizga yuqori. Joriy yil boshidan buyon oltin narxi 17,6 foizga, oʻtgan yil shu vaqtiga nisbatan esa 71 foizga oʻsdi. Shuningdek, jahon bozorida oltin narxi tarixda ilk marotaba 5 100 dollarga yetdi.

Oʻzbekistonda oltin narxi ketma-ket oltinchi kun rekord oʻrnatdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin narxlari ketma-ket oltinchi kun ham rekord darajaga koʻtarildi. 

Seshanba, 27 yanvar kuni bir gramm oltin narxi 2 037 320 soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich avvalgi kunga nisbatan 1,5 foizga yuqori.

Shu bilan birga, 5 grammli oltin quymasi narxi 10,187 million soʻmga yetdi. Bir kun ichida uning qiymati 151 ming soʻmga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, bir kun avval Oʻzbekistonda oltin narxi ilk bor bir gramm uchun 2 million soʻm, eng kichik quymaning narxi esa 10 million soʻm chegarasidan oshgandi. 

Soʻnggi ikki hafta ichida oltin narxi qariyb 1 million soʻmga koʻtarildi. Joriy yil boshidan buyon oʻsish surʼati 17,6 foizni tashkil etgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan esa oltin narxi 71 foizga qimmatlashgan.

Jahon bozorida ham rekordlar davom etmoqda

Jahon bozorida oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 5 100 dollarga yetdi. Bir kun avval qimmatbaho metall 5 000 dollarlik psixologik chegarani bosib oʻtgan edi. 

Xabar tayyorlanayotgan paytda oltinning bir unsiyasi 5 063,5 dollardan savdo qilinmoqda. Savdo sessiyalari davomida maksimal narx 5 110 dollargacha yetgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+