12 447.350 so‘m

increase

86.490

14 545.970 so‘m

increase

66.460

146.080 so‘m

increase

0.420

12 447.350 so‘m

increase

86.490

4 kun avval
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda minimal pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda erkaklar uchun pensiya yoshini 63 yilga, ayollar uchun esa 58 yilgacha oshirish taklif qilinmoqda. Oʻzgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan va loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi.

Oʻzbekistonda minimal pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Bu haqda 10 sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori Murodbek Atajanov maʼlum qildi.

Pensiya islohoti loyihasiga koʻra, erkaklar uchun pensiya yoshi hozirgi 60 yildan 63 yilgacha, ayollar uchun esa 55 yildan 58 yilgacha oshiriladi. Bu jarayon bosqichma- bosqich amalga oshirilib, har yili 6 oydan qoʻshib borilishi mumkin

Atajanovning taʼkidlashicha, koʻplab mamlakatlarda pensiya yoshi allaqachon 65 yildan yuqori. Oʻzbekistonda esa bu masalada oxirgi 32 yil davomida oʻzgarish boʻlmagan. “Boshqa davlatlar pensiya yoshini oshirdi, faqat Oʻzbekiston qolgandi”, — dedi u.

Mutasaddining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda umr koʻrish davomiyligi ortib bormoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda oʻrtacha umr 75 yilni tashkil etadi. Agar bundan 20 yil avval erkaklar pensiyadan keyin oʻrtacha 8–9 yil, ayollar esa 12–13 yil umr koʻrgan boʻlsa, hozirda erkaklarda bu koʻrsatkich 12,5 yil, ayollarda esa 20 yilni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, pensiya yoshini oshirish boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinganicha yoʻq. Pensiya jamgʻarmasi bu borada aholining fikrini yigʻish uchun maxsus platforma ishga tushirmoqchi. Platforma bir oy davomida faol boʻladi. Keyin tushgan takliflar oʻrganilib, yana muhokama oʻtkaziladi, kerakli oʻzgarishlar kiritilib, loyiha jurnalistlar va blogerlar ishtirokida rasman taqdim etiladi.

Undan tashqari, Murodbek Atajanov pensiya yoshini oshirishda yumshoqroq variantni taklif etdi - pensiya yoshini yarim yil emas, balki uch oyga koʻtarish. Bu variantda pensiya yoshi har toʻrt yilda bir yilga oshadi va butun islohot 12 yil davomida amalga oshiriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+