12 084.950 so‘m

decrease

-51.970

14 182.900 so‘m

decrease

-8.800

159.310 so‘m

decrease

-0.680

12 084.950 so‘m

decrease

-51.970

15 soat avval
Bozor
109

Oltin narxi tarixda ilk bor 5 000 dollarga yetdi

26 yanvar kuni qimmatbaho metallning bir unsiyasi ilk bor 5 000 dollarga yetdi. Ushbu oʻsish Oʻzbekiston bozorida ham aks etib, 1 gramm sof oltin narxi 2 mln soʻmdan, 5 grammli quymaning narxi esa 10 mln soʻmdan oshdi.

Oltin narxi tarixda ilk bor 5 000 dollarga yetdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Jahon va Oʻzbekiston bozorlarida oltin narxlari ketma-ket rekordlarni yangilashda davom etmoqda. 

26 yanvar kuni jahon birjalarida oltinning bir unsiya uchun narxi tarixda ilk bor 5 000 dollarga yetdi. 

Savdolar davomida eng yuqori koʻrsatkich 5 093 dollarni tashkil etdi. Xabar tayyorlanayotgan paytda qimmatbaho metall 5 061 dollar atrofida savdo qilinmoqda.

Oʻzbekistonda oltin narxlari

Jahon bozoridagi rekord oʻsish Oʻzbekiston ichki bozorida ham aks etdi. 26 yanvar kuni Markaziy bank tomonidan sotiladigan oltin quymalari narxi ham tarixiy maksimumni qayd etdi. Hozirda 1 gramm sof oltin narxi 2 007 280 soʻmni tashkil etmoqda. Dam olish kunlari davomida narx 2,49 foizga oshdi.

Ogʻirligi 5 gramm boʻlgan oltin quymasi 10,036 million soʻmga baholanmoqda. 

Sotish va sotib olish boʻyicha batafsil narxlar quyida: 

Maʼlumotlarga koʻra, mahalliy bozorda oltin narxi yanvar oyining boshidan buyon 15,9 foizga oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+