12 136.920 so‘m

increase

14.850

14 191.700 so‘m

increase

4.030

159.990 so‘m

increase

3.600

12 136.920 so‘m

increase

14.850

6 soat avval
Bozor
57

Oltin narxi tarixda ilk bor 4 950 dollardan oshdi

23 yanvar kuni bir unsiya oltin 4 950 dollardan oshdi. Narxlar psixologik ahamiyatga ega boʻlgan 5 000 dollarlik marraga yaqinlashmoqda. Oʻzbekistonda ham oltin quymalari narxi ketma-ket uchinchi kun rekord oʻrnatdi. 

Oltin narxi tarixda ilk bor 4 950 dollardan oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Jahon bozorida 23 yanvar kuni oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 4 950 dollardan oshib, navbatdagi rekordni qayd etdi. Savdo sessiyalari davomida qimmatbaho metall narxi 4 966 dollargacha (bir gramm – $159,35) koʻtarildi. Xabar tayyorlanayotgan paytda esa oltin bir unsiyasi 4 956 dollardan sotilmoqda.

Shu tariqa oltin narxi psixologik ahamiyatga ega boʻlgan 5 000 dollarlik marraga juda yaqinlashdi.

Oʻzbekistonda ham oltin narxlari rekord yangiladi

Jahon bozoridagi keskin qimmatlashuv Oʻzbekistonda oltin quymalari narxiga ham bevosita taʼsir koʻrsatdi. Natijada quymalar narxi ketma-ket uchinchi kun rekord darajani yangiladi.

Hozirda bir gramm toza oltin narxi 1 million 959 ming soʻmni tashkil etmoqda. Besh grammli oltin quymasining narxi esa 9 million 793 ming soʻmga yetdi. 

Quymalar sotish va qayta sotib olish narxlari quyidagicha:

Mavzuga aloqador:

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+