11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

07-noyabr, 2025
Iqtisodiyot
227

OKMK 9 oyda qariyb 700 mln dollar sof foyda oldi

OKMKning sof foydasi 8,3 trillion soʻm yoki taxminan 694 million dollarni tashkil qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35,1 foizga yoki 2,16 trillion soʻmga koʻproqdir.

OKMK 9 oyda qariyb 700 mln dollar sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) 2025 yil yanvar-sentabr oylariga oid moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, kompaniya sof foydasida sezilarli oʻsish qayd etilgan.

2025 yilning 9 oyida OKMKning mahsulot ishlab chiqarish daromadlari 34,8 trillion soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 27,7%ga oshgan. Mahsulot realizatsiyasi uchun ketgan xarajatlar 14,9 trillion soʻmni tashkil qilgan. Kompaniya toʻlagan soliqlar esa ikki barobar oshib, 6,3 trillion soʻmni tashkil etdi.

Barcha xarajatlar va soliqlar hisobga olgach, OKMKning sof foydasi 8,3 trillion soʻm yoki taxminan 694 million dollarni tashkil qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35,1%ga yoki 2,16 trillion soʻmga koʻproqdir.


Avvalroq Pinkod Oʻzbekistondagi ikki yirik kon 2024 yilda eng koʻp oltin ishlab chiqargan konlar roʻyxatiga kirgani haqida yozgan edi. Mining.com hisoblariga koʻra, Muruntov konida 2024 yil davomida qariyb 2,7 million unsiya oltin qazib olinib, ikkinchi oʻrinni egallagan, Olmaliq koni esa beshinchi oʻrinda qayd etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+