12 033.280 so‘m

increase

64.690

14 060.890 so‘m

increase

40.880

149.300 so‘m

increase

1.560

12 033.280 so‘m

increase

64.690

3 kun avval
Bozor
130

Markaziy bank ilk marotaba oltin quymalarining qayta sotib olish narxlarini eʼlon qildi

Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan yangi maʼlumotlarga koʻra, oltin quymalarining sotish va sotib olish narxlari oʻrtasidagi tafovut 3,9–4,9 foizni tashkil qilmoqda. 5 yanvar holatiga koʻra, 100 grammli quyma 167,9 mln soʻmdan qayta sotib olinmoqda.

Markaziy bank ilk marotaba oltin quymalarining qayta sotib olish narxlarini eʼlon qildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank 2026 yil 5 yanvar holatiga oltin quymalarining narxlarini eʼlon qildi. Ushbu eʼlonda ilk bor oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlari ham ochiqlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, oltin quymalarining sotish va qayta sotib olish narxlari oʻrtasidagi tafovut 3,9 foizdan 4,9 foizgacha yetmoqda. Qadogʻi but va texnik talablarga toʻliq javob beradigan quymalar sotish narxidan 3,9 foiz arzonroq narxda qayta sotib olinmoqda. Texnik talablarga mos kelmaydigan quymalar esa sotish narxidan 4,9 foiz past baholanmoqda.

5 yanvar holatiga koʻra, 100 grammli oltin quyma banklarda 174,7 mln soʻmdan sotilmoqda. Taqqoslash uchun, 2025 yil dekabr oyida ushbu quyma rekord darajaga chiqib, qariyb 180 mln soʻmdan savdoga chiqarilgan edi. Toʻliq sotib olish narxlari bilan quyida tanishish mumkin:

100 grammli oltin quymalar Oʻzbekistonda ilk bor 2025 yil yanvar oyida sotuvga chiqarilgan. Oʻshanda ularning narxi 116,6 mln soʻmni tashkil etgan.

Qaysi banklarda oltin quymalarini xarid qilish mumkinligi haqidagi toʻliq roʻyxat Markaziy bankning rasmiy saytida eʼlon qilingan.

Oltin narxi bilan 2026 yilda nimalar sodir boʻladi?

Pinkod avvalroq 2026 yilda oltin narxio bilan nimalar sodir boʻlishi haqida maqola eʼlon qilgan edi. Unda yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar baholashlari asosida oltin narxi uchun prognozlar keltirib oʻtilgan.

Goldman Sachs oltin narxi 2026 yil oxiriga kelib unsiyasi uchun 4 900 dollarga yetishini kutmoqda.

JPMorgan 2026 yil IV choragida narx 5 000 dollar atrofida boʻlishini, uzoq muddatda esa 6 000 dollargacha chiqishini istisno qilmaydi.

Yirik moliyaviy institutlarning konsensus fikri (umumiy fikri) oltinning yil oxiriga kelib 4 400 va 5 300 dollar oraligʻida barqarorlashishini, yuqori ssenariylarda esa 6 000 dollar yoki undan koʻproqqa yetishini koʻrsatmoqda. To‘liq maqola bilan quyida tanishish mumkin:


2026 yilda oltin narxi bilan nimalar sodir boʻladi — Prognoz


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+