12 073.420 so‘m

decrease

-72.230

14 134.350 so‘m

decrease

-134.360

164.470 so‘m

increase

0.140

12 073.420 so‘m

decrease

-72.230

9 соат аввал
Bank
61

Feruz Azimov “Poytaxt Bank” boshqaruv raisi etib tayinlandi

Shuningdek, bank boshqaruvida ham yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Davron Isroilov boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, Shaig Gaziyev esa boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Feruz Azimov “Poytaxt Bank” boshqaruv raisi etib tayinlandi

Azimov Feruz Ikromovich “Poytaxt Bank” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashi qarorida qayd etilgan.

U bilan uch yil muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan. Feruz Azimov Markaziy bankning tegishli roziligi olingach, rasman lavozimiga kirishadi.

Feruz Azimov bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

U 1988 yilda Samarqand shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2009 yilda Samarqand davlat universitetini, 2024 yilda esa Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Azimov bank tizimidagi faoliyatini 2009 yilda “Asakabank” AJ Samarqand viloyati filialida mutaxassis sifatida boshlagan. 2019 yilga qadar mazkur bankning Samarqand viloyati hamda Afrosiyob filiallarida turli lavozimlarda, jumladan, Valyuta va nosavdo amaliyotlari boʻlimi boshligʻi sifatida ishlagan.

2019 yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida faoliyatini davom ettirgan. Markaziy bank tizimida bosh iqtisodchi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari va boshqarma boshligʻi kabi lavozimlarda ishlagan.

Feruz Azimov 2022 yil oktabr oyidan buyon Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamenti direktori oʻrinbosari — valyuta oqimlari tahlili boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, yigʻilish qarori bilan “Poytaxt Bank” AJ tashkiliy tuzilmasiga bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi ham kiritilgan. Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Davron Isroilov, boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimiga esa Shaig Gaziyev tayinlangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+