12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

4 kun avval
Iqtisodiyot

1 avgustdan boshlab jarimalar miqdori ham koʻtariladi

Bunga, bazaviy hisoblash miqdorining 375 ming soʻmdan 412 ming soʻmga koʻtarilishi sabab boʻladi. 

 

Masalan, haydovchi belgilangan harakat tezligini soatiga 20 dan 40 kilometrgacha oshirsa, 1 avgustdan boshlab jarima 1 mln 875 ming soʻm oʻrniga 2 mln 60 ming soʻmni tashkil etadi.

1 avgustdan boshlab jarimalar miqdori ham koʻtariladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi farmoni qabul qilindi. 

Mazkur farmonga koʻra, 2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kam taʼminlangan oilalarga toʻlanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

2025 yil 1 avgustdan esa byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, talabalar va oʻquvchilarning stipendiyalari ham 10 foizga koʻtariladi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan bazaviy miqdorlar ham oʻzgaradi. 1 iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 471 000 soʻm etib belgilanadi. 1 avgustdan boshlab esa mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 271 000 soʻm, bazaviy hisoblash miqdori esa 412 000 soʻmni tashkil etadi (avval 375 000 soʻm edi).

Bu oʻzgarishlar ayrim jarima miqdorlariga ham bevosita taʼsir qiladi. Masalan, 2025 yil 1 avgustdan boshlab haydovchilarning belgilangan tezlikni oshirishi uchun jarimalar quyidagicha boʻladi:

  • Tezlikni soatiga 20 km gacha oshirgani uchun — 412 000 soʻm (ayni vaqtda 375 000 soʻm);
  • Tezlikni 20–40 km oraligʻida oshirgani uchun — 2 060 000 soʻm (ayni vaqtda 1 875 000 soʻm);
  • Tezlikni 40–60 km oraligʻida oshirgani uchun — 3 708 000 soʻm (ayni vaqtda 3 375 000 soʻm);
  • Tezlikni 60 km dan ortiq oshirgani uchun — 6 180 000 soʻm (ayni vaqtda 5 625 000 soʻm).

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+