Zootopia 2 dunyo va Oʻzbekistonda kassa rekordlarini yangiladi
Zootopia 2 animatsion filmi qisqa vaqt ichida misli koʻrilmagan muvaffaqiyatga erishdi. Multfilm butun dunyo boʻylab $1,4 mlrddan ortiq daromad yigʻdi. Oʻzbekistonda esa 4 haftalik namoyish davomida 10 mlrd soʻmlik kassa yigʻimi bilan animatsion filmlar orasida rekord oʻrnatdi.

Zootopia 2 animatsion filmi 2025 yil dekabr oyining oxiriga kelib butun dunyo boʻylab $1,42 mlrd (1,4 milliard dollar) daromad yigʻdi. Film AQShda 2025 yil 26 noyabr kuni namoyishga chiqarilgan.
Kassadagi daromadlar taqsimoti
2025 yil 28 dekabr holatiga koʻra, filmning umumiy kassa tushumi quyidagicha taqsimlangan:
- Shimoliy Amerika (ichki bozor): $322 mln
- Xalqaro bozor: $1,099 mlrd
- Butun dunyo boʻyicha jami: $1,422 mlrd
Mazkur natija Zootopia 2’ni 2025 yilning ikkinchi eng koʻp daromad keltirgan filmi, shuningdek, barcha davrlarning eng yuqori daromad qilgan 17-filmiga aylantirdi. Film xalqaro bozorda ham ulkan muvaffaqiyat qozonib, 2025 yilda xalqaro kassada $1 mlrd chegarasidan oshgan ilk film boʻldi. Eng yirik xorijiy bozorlar qatoriga Xitoy, Fransiya va Yaponiya kiradi.
Oʻzbekistondagi rekord natija
Zooopia 2 nafaqat global miqyosda, balki Oʻzbekiston kinobozorida ham katta muvaffaqiyat qayd etdi. Multfilm 4 haftalik namoyish davomida 10 mlrd soʻmlik kassa yigʻimi chegarasidan oshib, mamlakatdagi animatsion filmlar orasida rekord oʻrnatdi.
Maʼlumotlarga koʻra, filmni 43 992 nafar tomoshabin kinoteatrlarda tomosha qilgan boʻlib, umumiy daromad 10,6 mlrd soʻmni (taxminan $880 ming) tashkil etdi.









