12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

7 kun avval
Soliq

Yil boshidan beri aholiga qaytarilgan keshbek hajmi 400 milliard soʻmdan oshdi

Yanvar-aprel oylarida 5,4 million foydalanuvchi Soliq mobil ilovasi orqali 472,6 millionta chekni roʻyxatdan oʻtkazgan.

Yil boshidan beri aholiga qaytarilgan keshbek hajmi 400 milliard soʻmdan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Davlat soliq qoʻmitasi bergan maʼlumotlarga koʻra, 2025 yilning dastlabki toʻrt oyida aholiga xaridlar uchun jami 412,6 milliard soʻm miqdorida keshbek toʻlab berilgan. Faqatgina aprel oyining oʻzida esa 105,6 milliard soʻmlik keshbek qaytarilgan.

Yanvar-aprel oylarida 5,4 million foydalanuvchi Soliq mobil ilovasi orqali 472,6 millionta chekni roʻyxatdan oʻtkazgan. Ulardan 112,2 million chek aprel oyida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Hududlar kesimida koʻrilganda, aprel oyida eng koʻp keshbek Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan – 42,2 milliard soʻm. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati – 11 milliard soʻm, Samarqand viloyati – 7,9 milliard soʻm, Fargʻona viloyati – 7,2 milliard soʻm va Andijon viloyati – 5,1 milliard soʻm qayd etilgan.

Shuningdek, 2025 yilning dastlabki toʻrt oyi yakunlariga koʻra, keshbek mablagʻlari quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 170,5 milliard soʻm
  • Toshkent viloyati – 41,2 milliard soʻm
  • Samarqand viloyati – 33,8 milliard soʻm
  • Fargʻona viloyati – 26,95 milliard soʻm
  • Andijon viloyati – 19,5 milliard soʻm

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+