11 802.190 so‘m

decrease

-7.630

13 527.670 so‘m

decrease

-41.810

139.870 so‘m

decrease

-0.810

11 802.190 so‘m

decrease

-7.630

2 соат аввал
Bank
84

Yetti oyda banklar sof foydasi 68 foizga oshdi, asosiy oʻsish foizlardan kelmadi

Oʻzbekiston banklari 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 12,34 trln soʻm sof foyda oldi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5 trln soʻm yoki 68 foizga koʻp. Biroq foydadagi bunday tez oʻsish banklarning asosiy biznesi hisoblangan foiz marjasidagi oʻsish hisobiga yuz bermagan.

Yetti oyda banklar sof foydasi 68 foizga oshdi, asosiy oʻsish foizlardan kelmadi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, yetti oyda banklarning foizli daromadlari 84,4 trln soʻmni tashkil qilgan. 2025-yilning shu davrida bu koʻrsatkich 71,4 trln soʻm edi.

Foizli xarajatlar esa 49,8 trln soʻmdan 60,8 trln soʻmga oshgan. Natijada sof foiz marjasi 21,6 trln soʻmdan 23,6 trln soʻmga yetgan. Oʻsish 9,3 foizni tashkil qilgan.

Ayni paytda nofoiz daromadlar ancha tez oʻsgan. Ular oʻtgan yilning yanvar–iyulidagi 41,5 trln soʻmdan 61,5 trln soʻmga yetgan. Bu qariyb 20 trln soʻm yoki 48 foizlik oʻsish.

Taqqoslash uchun, sof foiz marjasi 2 trln soʻmga oshgan boʻlsa, banklarning sof foydasi qariyb 5 trln soʻmga koʻpaygan.

Biroq nofoiz daromadlarning barchasi sof foydaga aylanmagan. Yetti oyda banklarning nofoiz xarajatlari 20,3 trln soʻmni tashkil qilgan. Operatsion xarajatlar, zaxiralar va soliqlar ham yakuniy natijaga taʼsir koʻrsatgan.

1-avgust holatiga bank tizimi aktivlari 1 016,6 trln soʻmga yetgan. Banklarning kapital rentabelligi ROE esa 14,8 foizni tashkil qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+