12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 soat avval
Iqtisodiyot

Yanvar oyida Oʻzbekistonda narxlar qanday oʻzgardi?

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi 2023 yil dekabrdan beri eng yuqori oʻsishni koʻrsatgan boʻlsa, pullik xizmatlar 2021 yildan beri eng yuqori koʻrsatkichga yetdi.

Yanvar oyida Oʻzbekistonda narxlar qanday oʻzgardi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda isteʼmol narxlari indeksi (INI) 0,72% ga oshdi, bu 2023 yildan beri yilning birinchi oyi uchun eng yuqori koʻrsatkichdir. 2024 yil yanvarida INI 0,64% ni tashkil etgan edi. Yillik inflyatsiya 9,89% ga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 1,31 foiz punktga koʻtarildi, ammo 2023 yildagi 12,19% dan pastroq darajada saqlanmoqda.

Oziq ovqat mahsulotlari

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari yanvar oyida 0,8% ga oshdi, bu 2023 yil dekabrdan beri eng yuqori oylik oʻsish hisoblanadi. Yillik oziq-ovqat inflyatsiyasi 2,6% ni tashkil etdi. Sabzavotlar narxi 6% ga, yogʻ-moy 1,5%, baliq mahsulotlari 1,1%,  goʻsht 0,8%, ichimliklar 0,6%, tayyor mahsulotlar 0,4% ga qimmatlashdi. Ayni paytda tuxum 14,3%, mandarin 7,4%, sut mahsulotlari 3,5%, pomidor va bodring 1% ga arzonlashdi.

Eng keskin oʻsishlar baqlajonda (59,6%), kartoshkada (23,9%),  bulgʻor qalampirida (13,2%), limonda (7,9%) va karamda (6,9%) kuzatildi. Yillik hisobda kartoshka 68,1%, sabzi 24,1%, paxta yogʻi 19,5%, kungaboqar yogʻi 18,1%, qoʻy goʻshti 16,2%, mol goʻshti 14,8% ga qimmatlashgan.

Xizmat koʻrsatish sohasi

Pullik xizmatlar narxi yanvar oyida 1,1% ga oshib, 2021 yildan beri eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. Yillik oʻsish 27% ni tashkil etdi. Restoran xizmatlari 0,6% (yillik +11,7%), uy-joy ijarasi 0,6% (yillik +13,1%), mehmonxona xizmatlari 5,7% (yillik +10,7%), avtotransport xizmatlari 0,8% (yillik +11,2%)  poyezd chiptalari 0,9% (yillik +13,2%) ga qimmatlashdi. Aviachiptalar narxi esa 1,3% ga pasaygan.

Sanoat tovarlari

Sanoat tovarlari narxlari yanvar oyida 0,3% ga oshib, yillik inflyatsiya 7,7% ni tashkil etdi. Maishiy texnika 0,3% (yillik 5,3%), elektrotexnika mahsulotlari 0,1% (yillik 1,7%), dori mahsulotlari 0,7% (yillik 25,2%) ga qimmatlashdi. Transport yoqilgʻisi narxlari orasida benzin 1,5% (yillik +3,9%), metan 0,1% pasaygan (yillik +20,9%), propan esa 13,2% arzonlashdi (yillik +8,3%).

Markaziy bankning prognoziga koʻra, 2025 yil davomida inflyatsiya 7-8% gacha pasayishi kutilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+