12 012.210 so‘m

increase

7.460

13 731.160 so‘m

increase

39.740

158.140 so‘m

increase

1.030

12 012.210 so‘m

increase

7.460

31-dekabr, 2025
Bank
1043

Yangi yil bayrami kunlari qaysi banklar ishlaydi?

31 dekabrdan 4 yanvargacha boʻlgan davrda 26 ta tijorat banki filialida valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi.

Shuningdek, banklarning 24/7 rejimida ishlovchi bankomatlari orqali, shuningdek mobil ilovalari yordamida istalgan vaqtda onlayn valyuta operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.

Banklar roʻyxati va ularning ish tartibi haqida batafsil:

Yangi yil bayrami kunlari qaysi banklar ishlaydi?
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank Yangi yil bayrami va dam olish kunlarida ishlaydigan tijorat banklari roʻyxatini eʼlon qildi.

Prezident farmoniga muvofiq, Oʻzbekistonda Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni etib belgilandi. Jumladan, 31 dekabr (chorshanba) va 2 yanvar (juma) — ish haftasi turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 

Shuningdek, 3 yanvar (shanba) — olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 1 yanvar (payshanba) esa Yangi yil bayrami munosabati bilan rasmiy dam olish kuni sanaladi. 4 yanvar (yakshanba) esa odatdagidek umumiy dam olish kunidir.

Bayram va dam olish kunlari davomida quyidagi 26 ta tijorat banki filiallarida valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi:

Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali, shuningdek, banklarning mobil ilovalari yordamida istalgan vaqtda onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, filiallarning ish vaqti banklarga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli aniq maʼlumotni toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli banklardan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+