12 022.920 so‘m

increase

52.250

13 843.190 so‘m

increase

94.880

148.140 so‘m

increase

0.550

12 022.920 so‘m

increase

52.250

2 kun avval
Iqtisodiyot
90

Yagona eksportyor: Oʻzbekiston sentabr oyida 4 tonna oltin sotdi

Jahon oltin kengashi maʼlumotiga koʻra, sentabr oyida markaziy banklar jami 43 tonna oltin xarid qilgan, shundan 39 tonnasi sof xarid boʻlgan. Mazkur davrda oltin sotgan yagona davlat boʻlgan Oʻzbekiston 4 tonna oltin realizatsiya qilgan. Natijada, mamlakat 2025 yilda 21 tonnalik sotuv bilan dunyoning eng yirik oltin sotuvchisi maqomini saqlab qolmoqda.

Yagona eksportyor: Oʻzbekiston sentabr oyida 4 tonna oltin sotdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston sentabr oyida dunyodagi yagona oltin sotuvchisi boʻldi.

Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) oʻzining soʻnggi hisobotida maʼlum qildi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va ochiq manbalarga koʻra, sentabr oyida markaziy banklar tomonidan jami 43 tonna oltin xarid qilingan. Shundan 39 tonnasini sof xarid tashkil etgan boʻlib, bu 2025 yildagi eng yuqori oylik natija hisoblanadi.

Eng koʻp oltin xarid qilgan davlat — Braziliya Markaziy banki (15 tonna). Undan keyingi oʻrinlarni Qozogʻiston (8 tonna) va Gvatemala (5 tonna) egalladi. Rossiya, Turkiya, Chexiya, Xitoy va Gana ham kichik hajmlarda xaridlar amalga oshirdi.

Sentabrda oltin sotgan yagona davlat — Oʻzbekiston boʻldi: Markaziy bank 4 tonna oltin realizasiya qilgan. Yillik koʻrsatkich boʻyicha esa Oʻzbekiston 21 tonna sotuv bilan Singapur va Rossiyani ortda qoldirgan holda, dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi maqomini saqlab qolmoqda.

Shu oyda Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 4,9 mlrd dollarga oshib, tarixiy 55 mlrd dollarlik rekordga yetdi. Oltin zaxiralari esa ketma-ket uchinchi oy oʻsishda davom etmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+