12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

14 343.030 so‘m

increase

14.010

152.370 so‘m

increase

1.180

12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

4 kun avval
Iqtisodiyot

Xitoy AQSh mahsulotlariga nisbatan boj stavkasini 84 foizgacha oshirdi

Avvalroq, AQSh Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga boj toʻlovlarini yana 50 foizga oshirib, umumiy stavkani 104 foizga yetkazgan edi.

Xitoy AQSh mahsulotlariga nisbatan boj stavkasini 84 foizgacha oshirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Xitoy AQSh mahsulotlariga qoʻyiladigan boj stavkasini ilgari eʼlon qilingan 34 foizdan 84 foizgacha koʻtarishini eʼlon qildi

Bu harakat AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan Xitoy mahsulotlariga joriy etilgan 104% lik bojga javoban amalga oshirilmoqda.

Xitoyning mazkur eʼloni Pekinning global savdo urushida chekinmoqchi emasligini anglatadi. Ushbu urush Trampning 2 aprel kuni deyarli barcha mamlakatlarga nisbatan “oʻzaro javob tariflari”ni joriy qilish qarori bilan boshlangan edi. 

Boj tariflariga javoban Xitoy AQShdan import qilinadigan mahsulotlarga ham 34 foizlik boj joriy qilishini eʼlon qildi. Bu esa Trampni Xitoy mahsulotlariga qoʻshimcha 50 foizlik boj qoʻyishga undadi.

Oldin eʼlon qilingan boj stavkalari bilan birga hisoblaganda, Tramp Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga jami 104 foizlik tarif joriy qilgan. 

Tariflar toʻqnashuvi natijasida Xitoydan mahsulot olib kirayotgan amerikalik kompaniyalar ogʻir moliyaviy bosim ostida qolmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ular bu xarajatlarni isteʼmolchilarga yuklaydi. Natijada iPhone, kiyim-kechak, elektronika va boshqa koʻplab mahsulotlar narxi AQShda oshishi mumkin.

9 aprel kuni bergan bayonotida Xitoy Trampning yana qoʻshimcha 50 foizlik boj joriy qilish qarorini “xatoga ustiga xato” deb atadi. Undan tashqari, XItoy tomoni Trampning savdo siyosati biryoqlama siyosat, proteksionizm va iqtisodiy bosimning yaqqol namunasi ekanligi taʼkidlangan. 

Bundan tashqari, Xitoy AQShning 11 ta kompaniyasini “ishonchsiz subʼektlar” roʻyxatiga qoʻshdi. Bu kompaniyalar Xitoydan harbiy yoki texnologik jihatdan ahamiyatli mahsulotlarni xarid qila olmaydi. Roʻyxatga kirganlar orasida AQSh harbiy sohasi bilan bogʻliq boʻlgan American Photonics va SYNEXXUS ham bor.

Hozircha Xitoy murosa qilishga moil emas. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tsyan shunday dedi:

“Agar AQSh muammoni muloqot orqali hal qilishni istasa, u holda tenglik, hurmat va oʻzaro manfaatga asoslangan yondashuvni tanlashi lozim.”

Taraflar pozitsiyasidan kelib chiqib, yaqin orada muzokaralarning boshlanishi dargumon. Ikkala mamlakat ham iqtisodiy bosim orqali oʻz taʼsir doirasini kengaytirishga urinmoqda.


Mavzuga doir: Jahon iqtisodiyoti inqiroz yoqasidami?

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+