12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

2 kun avval
Texnologiya

Xiaomi 2025 yil birinchi choragida rekord darajada foyda oldi

Yakunlangan chorak davomida Xiaomi 111,3 milliard yuan (taxminan $15,5 mlrd) daromad koʻrdi. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 47 foizga koʻp boʻlib, mutaxassislarning oʻrtacha prognozidan ham yuqoridir.

Xiaomi 2025 yil birinchi choragida rekord darajada foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 27 may, seshanba kuni oʻzining birinchi chorak boʻyicha rekord darajadagi daromad va foyda olganini eʼlon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi

Kompaniyaning aytishicha, u uzoq vaqtdan beri eʼtibor qaratayotgan yuqori darajadagi mahsulotlarga oʻtish strategiyasi oʻz samarasini bera boshlagan.

31 martda yakunlangan chorak davomida Xiaomi 111,3 milliard yuan (taxminan 15,5 milliard dollar) daromad koʻrdi. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 47 foizga koʻp boʻlib, mutaxassislarning oʻrtacha prognozidan ham yuqoridir.

Moslashtirilgan sof foyda esa ilk bor 10 milliard yuandan oshib, 10,7 milliard (taxminan $1,5 mlrd) yuanga yetdi — bu esa oʻtgan yilga nisbatan 65 foiz oʻsishni anglatadi. Ushbu natija ham analitiklarning kutganidan yuqori boʻldi.

Kompaniya prezidenti Lu Veybing jurnalistlar bilan suhbatda Xiaomi yuqori sifatli mahsulotlarga oʻtish orqali yaxshi natijalarga erishayotganini taʼkidladi. 

Dunyodagi uchinchi yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi hozirda avtomobil sohasiga ham kirib bormoqda. Oʻtgan haftada kompaniya oʻzining navbatdagi elektr krossoveri — YU7 modelini taqdim etdi. 

Xiaomi Unveils YU7 Electric SUV to Rival Tesla

Bu avtomobil iyul oyida savdoga chiqadi. Luning aytishicha, YU7 modeli oldingi SU7 ga qaraganda kengroq auditoriyaga moʻljallangan boʻlishi mumkin. Kompaniya hali narxni oshkor qilmagan, biroq yuqori konfiguratsiyalari tufayli u Tesla’ning eng koʻp sotiladigan Model Y avtomobillaridan taxminan $8,300 dan $9,700 gacha qimmatroq boʻlishi mumkinligi aytilayotgandi. Maʼlumot uchun, Tesla Model Y narxi $36,574 dan boshlanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+