11 833.370 so‘m

increase

35.910

13 577.610 so‘m

decrease

-30.760

139.790 so‘m

increase

0.020

11 833.370 so‘m

increase

35.910

20-aprel, 17:34
Bank
2095

Xakimov Umidjon Abduxalikovich Ipak Yuli Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan Malik Avazov “Anorbank” Boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlangan edi.

Xakimov Umidjon Abduxalikovich Ipak Yuli Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Ipak Yuli Bank boshqaruvi tarkibida oʻzgarish yuz berdi. Bu haqda bankning korporativ maʼlumotida keltirib oʻtilgan.

Kuzatuv kengashining 2026 yil 16-apreldagi yigʻilishi bayonnomasiga koʻra, Xakimov Umidjon Abduxalikovich bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Umidjon Xakimov oʻz vazifasini bajarishga nomzodi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgandan soʻng rasman kirishadi.

Avvalroq ushbu lavozimda ishlab kelgan Avazov Malik Abduaxatovich Ipak Yuli Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan edi. Keyinchalik Malik Avazov “Anorbank” Boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+