12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

09-dekabr, 2024
Texnologiya

X ijtimoiy tarmogʻi oʻzining Grok sunʼiy intelekt chatbotini barcha foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etdi

Kompaniya Grok uchun alohida mobil ilova yaratishni ham rejalashtirmoqda.

X ijtimoiy tarmogʻi oʻzining Grok sunʼiy intelekt chatbotini barcha foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etdi

Ilon Maskning X (sobiq Twitter) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Grok sunʼiy intellekt chatbotidan foydalanish endi tarmoqning barcha foydalanuvchilari bepul. Ushbu oʻzgarishni birinchi boʻlib juma kuni bir nechta foydalanuvchilar sezishdi. Endilikda Premium obunasi boʻlmagan foydalanuvchilar ham chatbotga har ikki soatda 10 tagacha xabar yuborishlari mumkin. Biroq rasmlarni tahlil qilish imkoniyati kuniga uch martagacha cheklangan boʻlib, koʻproq funksiyalarga ega boʻlish uchun X Premium obunasini sotib olish talab qilinadi.

Skrinshot: Pinkod.uz

X oʻtgan yili Grok’ni “hazilkash sunʼiy intellektli yordamchi” sifatida taqdim etgan edi. Ammo dastlab ushbu xizmat faqat Premium obunachilar uchun mavjud edi. Avgust oyida sunʼiy inellektga matndan rasm generatsiyasi funksiyasi qoʻshildi, ammo bu funksiya baʼzi holatlarda muammoli tasvirlar yaratganligi uchun keng miqyosda tanqidga uchradi.

Foto: The Verge 

Tech Crunch’ning xabariga koʻra, oʻtgan oydan boshlab Maskning kompaniyasi Grok’ning bepul versiyasini ayrim hududlarda sinovdan oʻtkazishni boshlagan. Juma kuniga kelib esa chat bot barcha foydalanuvchilarga taqdim etildi. Bu Grok’ni Open Ai’ning ChatGPT, Google Gemini, Microsoft Copilot va Anthropic Claude kabi allaqachon bepul boʻlgan chatbotlar bilan raqobat qilishi uchun muhim qadamdir. 

X yaqinda sunʼiy intellekt uchun $6 milliard mablagʻ jalb qildi va loyihaning umumiy kapitalini $12 milliardga yetkazdi. Shuningdek, The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, X Grok uchun alohida mobil ilova yaratishni ham rejalashtirmoqda. Bu boshqa raqobatchi chatbotlar (ChatGPT, Gemini, Claude) tomonidan allaqachon amalga oshirilgan qadamdir. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+