12 136.570 so‘m

decrease

-0.530

14 318.730 so‘m

increase

11.520

157.700 so‘m

decrease

-0.830

12 136.570 so‘m

decrease

-0.530

8 soat avval
Bozor
25

Warner Bros. Discovery Paramount tomonidan 110 mlrd dollarga sotib olinmoqda

Paramount Skydance 110 mlrd dollarlik naqd pul bitimi orqali Warner Bros. Discovery’ni sotib olmoqda. 

Bitim natijasida DC, “Garri Potter”, “Uzuklar hukmdori” va “Taxtlar oʻyini” kabi mashhur franshizalar yangi egalar qoʻliga oʻtadi. 

Oylar davom etgan savdo urushida Netflix chetga chiqdi va Gollivuddagi eng yirik media birlashuvlardan-biri yuz bermoqda.

Warner Bros. Discovery Paramount tomonidan 110 mlrd dollarga sotib olinmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

Warner Bros. Discovery Inc. kompaniyasi Paramount Skydance tomonidan taxminan 110 mlrd dollarga naqd pul bitimi orqali sotib olinishiga rozilik bildirdi. Bu holat Netflix bilan oylar davom etgan savdo urushiga nuqta qoʻydi.

Juma kuni eʼlon qilingan kelishuv Warner Bros. Discovery aksiyadorlariga har bir aksiya uchun 31 dollardan naqd pul toʻlashni nazarda tutadi. 

Bu bitim orqasida oylar davom etgan keskin savdo urushi yotadi. Netflix 2025 yil dekabr oyida Warner Bros. Pictures, HBO va Max streaming xizmatini 82,7 mlrd dollarga sotib olishga kelishgan edi. Biroq Paramount Skydance yanada yuqori taklif bilan chiqdi va Netflix raqobatdan chiqib ketdi.

“Biz doim intizomli boʻlganmiz va Paramount Skydance’ning soʻnggi taklifiga muvofiq narxda kelishuv moliyaviy jihatdan foydali emas, shuning uchun biz ushbu taklifga moslashtirmaslikni tanlaymiz”, – degan Netflix bosh ijrochi direktorlari Ted Sarandos va Greg Peters. 

Paramount Skydance taklifi Warner Bros. Discovery’ning butun portfelini qamrab oladi. Bu faqat studiya va striming biznesi emas, balki CNN, TBS va TNT kabi anʼanaviy (linear) telekanallarni ham oʻz ichiga oladi.

Shuningdek kompaniya Netflix’ning 2,8 mlrd dollarlik shartnomani bekor qilish toʻlovini ham qoplashni oʻz zimmasiga oldi.

Kelishuv natijasida Ellisonlar oilasi (Paramount rahbari David Ellison va uning milliarder otasi Larri Ellison) Gollivud tarixidagi eng yirik kontent kutubxonalaridan biriga ega boʻlgan birlashgan media imperiyani nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oila endilikda nazorat qilishi kutilayotgan kompaniya va mashur film hamda franshizalar:

Moliyaviy tomondan esa bitim katta yukni anglatadi. Warner Bros. Discovery 2025 yilni 33,5 mlrd dollar yalpi qarz (29 mlrd dollar sof qarz) bilan yakunladi. 

Paramount Skydance esa bitimni moliyalashtirish uchun 57,5 mlrd dollar miqdorida yangi qarz jalb qilgan. Yopilishdan soʻng birlashgan kompaniyaning umumiy qarzi 90 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+