12 621.290 so‘m

decrease

-103.870

14 596.520 so‘m

increase

88.570

158.440 so‘m

decrease

-0.210

12 621.290 so‘m

decrease

-103.870

5 kun avval
Iqtisodiyot

Uzum Nasiya operatorining birinchi yarim yillikdagi sof foydasi qariyb 130 foizga koʻpaydi

Uzum Nasiya operati hisoblangan Solution Lab AJ 2025 yil birinchi yarim yilligi boʻyicha 311,9 milliard soʻm sof foyda oldi. Bu koʻrsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 175,9 milliard soʻmga yoki 129,4 foizga yuqori.

Uzum Nasiya operatorining birinchi yarim yillikdagi sof foydasi qariyb 130 foizga koʻpaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Uzum Nasiya operati hisoblangan Solution Lab AJ 2025 yil birinchi yarim yilligi boʻyicha moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, kompaniya ushbu davr mobaynida 311,9 milliard soʻm miqdorida sof foyda koʻrishga erishgan. 

Bu koʻrsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 175,9 milliard soʻmga yoki 129,4 foizga yuqori. Maʼlumot uchun, kompaniya oʻtgan yilning birinchi yarmida 136 milliard soʻm sof foyda koʻrgan edi.

Bundan tashqari, Solution Lab’ning sof tushumi ham sezilarli darajada oshgani qayd etilgan. 2024 yilning mos davrida 524 milliard soʻmni tashkil etgan sof tushum, joriy yilning birinchi yarmida 1,4 trillion soʻmga oʻsib, 1,9 trillion soʻmga yetgan.

Shu bilan birga, kompaniya xarajatlari ham oshgan. Hisobotga koʻra, xarajatlar 371 milliard soʻmdan 1,6 trillion soʻmgacha koʻpaygan.

Kompaniyaning umumiy aktivlari ham ijobiy oʻsishni namoyon qilgan. 2025 yilning birinchi yarmi yakunlariga koʻra, jami aktivlar hajmi 186,4 milliard soʻmga ortib, 1,2 trillion soʻmga yetgan.

Shuningdek, Solution Lab AJ hisobot davrida davlat byudjetiga 5,7 milliard soʻm miqdorida daromad soligʻi toʻlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+