UZTELECOM bosh direktori “Aloqabank” kuzatuv kengashidan ketdi, uning oʻrnini Artel bosh direktori egalladi
“Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashi tarkibini bank sohasida xalqaro tajribaga ega boʻlgan mustaqil aʼzolar bilan butlash maqsadida bir qator oʻzgartirishlar kiritildi.

16 dekabr kuni AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kuzatuv kengashi tarkibini bank sohasida xalqaro tajribaga ega boʻlgan mustaqil aʼzolar bilan butlash maqsadida bir qator oʻzgartirishlar kiritildi.
“Oʻzbektelekom” AK bosh direktori Xasanov Nazirjon Nabijonovichning AT “Aloqabank” kuzatuv kengashi aʼzoligidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Uning oʻrniga “Artel Engineering and Management” MChJ Bosh direktori Roʻzikulov Shohrux Toxirovich AT “Aloqabank” kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi etib, 3 yil muddatga saylandi.
Bundan tashqari, Qaxxarov Farrux Raxmonovich, Lutfullayeva Dilnoza Rovshan qizi, Ishanxodjayev Asror Aslanovich va Mansurov Rustam Pulatovichlarning AT “Aloqabank” kuzatuv kengashi aʼzoligidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.
Ularning oʻrniga “Infosys Consulting” kompaniyasida moliya sektoridagi texnologik strategiya boʻyicha direktori Endryu Bryus, “IMON International” kompaniyasi kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi, “Moldova Agroindbank” raisi maslahatchisi David Tediashvili, “Finance in Montion” kompaniyasida investitsiya menejeri Nadejda Strelchiuk, “Mangold Consulting” MChJ raisi, Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi direktorlar kengashi aʼzosi Klaus Mangold AT “Aloqabank” kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolari etib, 3 yil muddatga saylanishdi.
Mazkur oʻzgarishlardan soʻng AT “Aloqabank” kuzatuv kengashining tarkibi quyidagicha shakllandi:
| Shermatov Sherzod Xotamovich | Raqamli texnologiyalar vaziri |
| Umarov Olimjon Muxamadjanovich | Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Mamanov Ruslanbek Abduxalikovich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi mahalliy byudjet tizimini takomillashtirish departamenti direktori |
| Yuldashev Faxriddin Turakulovich | “Nano lizing kompaniyasi” MChJ Bosh direktori |
| Xaytmetov Rustam Maxkamdjanovich | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bosh bugalteri |
| Mamadaliyev Muxsinjon Abdurasulovich | “Ishonch kredit savdo” MChJ Bosh direktori oʻrinbosari |
| Roʻzikulov Shohrux Toxirovich | “Artel Engineering and Management” MChJ Bosh direktori |
| Endryu Bryus | “Infosys Consulting” kompaniyasida moliya sektoridagi texnologik strategiya boʻyicha direktori |
| David Tediashvili | “IMON International” kompaniyasi kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi, “Moldova Agroindbank” raisi maslahatchisi |
| Nadejda Strelchiuk | “Finance in Montion” kompaniyasida investitsiya menejeri |
| Klaus Mangold | “Mangold Consulting” MChJ raisi, Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi direktorlar kengashi aʼzosi |









