11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

13 670.380 so‘m

decrease

-94.570

152.530 so‘m

decrease

-0.710

11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

5 soat avval
Bozor
81

UzNIF’ning sof aktivlari qiymati 2,63 mlrd dollarga yetdi

Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasining sof aktivlari qiymati 30 iyun holatiga 31,67 trln soʻm yoki 2,63 mlrd dollarni tashkil etdi. 

Bir oylik oʻsish 8,5 foiz boʻlib, bu asosan ayrim davlat kompaniyalaridagi ulushlarni qayta baholash hisobiga yuz bergan. Biroq aktivlar qiymati hozircha kompaniyalar kesimida ochiqlanmagan. 

UzNIF’ning sof aktivlari qiymati 2,63 mlrd dollarga yetdi

Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi (UzNIF) 2026 yil iyun oyi yakunlari boʻyicha sof aktivlari qiymatini — NAV koʻrsatkichini eʼlon qildi.

30 iyun holatiga jamgʻarmaning sof aktivlari qiymati 31 trln 670 mlrd soʻm yoki 2,63 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu may oyi yakuniga nisbatan 8,5 foizga koʻpdir.

Hisob-kitoblarga koʻra, bir oy ichida UzNIFning sof aktivlari taxminan 2,5 trln soʻm yoki 206 mln dollarga oshgan.

Jamgʻarmaning bitta oddiy aksiyasiga toʻgʻri keladigan sof aktivlar qiymati 6,27 soʻmni, bitta global depozitar tilxat — GDR uchun esa 33,61 dollarni tashkil etdi. Hisob-kitoblarda Markaziy bankning 30 iyundagi rasmiy valyuta kursidan foydalanilgan.

UzNIF maʼlumotiga koʻra, NAV oʻsishi asosan birjada sotilmaydigan hamda likvidligi past boʻlgan ayrim kompaniyalardagi ulushlarning adolatli qiymati yangilangani bilan bogʻliq.

Baholash mustaqil baholovchi ishtirokida tayyorlangan hisobotlar asosida amalga oshirilgan. Bunda kompaniyalarni baholash metodologiyasi oʻzgarmagan, biroq hisob-kitoblarda foydalanilgan koʻrsatkichlar va taxminlar yangilangan.

Shu bilan birga, eʼlon qilingan xabarda UzNIF portfelidagi har bir kompaniyaning alohida qiymati keltirilmagan. Yaʼni qaysi kompaniyadagi ulush qayta baholanish hisobiga qancha qimmatlashgani hozircha ochiqlanmagan.

UzNIF portfeliga 13 ta yirik davlat kompaniyasidagi 25 foizdan 40 foizgacha boʻlgan strategik ulushlar kiritilgan. Jamgʻarma aktivlarini Franklin Templeton kompaniyasining Oʻzbekistondagi tuzilmasi boshqaradi.

Jamgʻarma NAVdagi oʻzgarishlarning asosiy omillari 2026 yilning birinchi yarmi yakunlariga bagʻishlangan investorlar bilan uchrashuvda batafsil muhokama qilinishini maʼlum qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+