11 990.530 so‘m

decrease

-13.940

13 959.380 so‘m

decrease

-34.230

150.710 so‘m

increase

0.490

11 990.530 so‘m

decrease

-13.940

13 soat avval
Bank
59

Uzcard yoki Humo: 9 oyda kim koʻproq foyda oldi?

Uzcard va Humo 2025 yilning 9 oyi yakuniga oid moliyaviy natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, Uzcardʼning sof foydasi Humo’nikidan 4 barobar yuqoriroq boʻlgan.

Uzcard yoki Humo: 9 oyda kim koʻproq foyda oldi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistondagi ikki yirik toʻlov tizimi Uzcard va Humo 2025 yilning 9 oyi yakunalari boʻyicha moliyaviy hisobotlarini eʼlon qildi. Pinkod ushbu maʼlumotlar asosida kompaniyalar faoliyati natijalarini taqqosladi.

Daromad

Hisobot davrida Uzcard’ning asosiy faoliyatdan olingan daromadi 1,52 trln soʻmni tashkil etdi. Humo tizimining daromadlari esa 380,9 mlrd soʻm boʻldi. Yaʼni, Uzcard daromadi Humo daromadidan taxminan 4 barobar yuqori.

Sof foyda

Uzcard’ning sof foydasi 929,97 mlrd soʻmni tashkil qildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 40,7 foizga oshgan. 2024 yilning shu davrida kompaniya 660,5 mlrd soʻm foyda olgan edi.

Uzcard yilning 9 oyida Oʻzbekistondagi 35 ta bankning 31 tasidan koʻra koʻproq foyda koʻrsatkichiga erishdi. Faqat Milliy bank, SQB, Hamkorbank va KapitalbankUzcard’dan yuqori natija qayd etgan.

Humo esa 2025 yil yanvar–sentabr oylarida 223,97 mlrd soʻm sof foyda koʻrsatkichiga erishdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 87,7 foizga koʻp. Uzcard sof foydasi ham 4 barobar yuqoriroq.

Shunga qaramasdan, Humo’ning foydasi Uzcard’nikidan yuqoriroq surʼatda oʻsgan. Bu holat Humo xususiylashtirilgandan soʻng tariflar narxini koʻtargani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+