12 025.220 so‘m

increase

34.690

13 969.700 so‘m

increase

10.320

149.360 so‘m

decrease

-1.350

12 025.220 so‘m

increase

34.690

1 kun avval
Bank
157

Uzcard rahbariyatiga 9 oyda 21 mlrd soʻm mukofot puli toʻlandi

Maʼlumotlarga koʻra, kuzatuv kengashi raisi Akilov Akbar Anvarovich kompaniyani boshqaruvchi “UCMG” MChJda 25 foizlik ulushga ega. Qolgan ulushlar esa 2024 yil 31 dekabr holatiga koʻra Uzcard’ning 75 foiz egasi boʻlgan “IMC-Capital” MChJga tegishli. Shu bilan birga, boshqaruv kompaniyasiga xizmatlar uchun 42,16 milliard soʻm toʻlangan. 

Uzcard rahbariyatiga 9 oyda 21 mlrd soʻm mukofot puli toʻlandi
Foto: AI / Pinkod.uz

Pinkod Uzcard’ning 2025 yil yanvar–sentabr oylariga oid auditlangan moliyaviy hisobotini eʼlon qilgani haqida xabar bergan edi.

Unga koʻra, kompaniya ushbu davrda xodimlarga jami 155,51 milliard soʻm sarflagan. Bu mablagʻning 101,08 milliard soʻmi oylik maoshlarga, 46,81 milliard soʻmi esa mukofot va bonuslarga toʻgʻri kelgan.

Asosiy boshqaruv — bosh direktor, uning oʻrinbosari va Kuzatuv kengashi aʼzolari (jami 10 kishi) uchun 21,02 milliard soʻm miqdorida mukofot toʻlangan. Kompaniyaning kuzatuv kengashiga quyidagi shaxslar kiradi:

  • Akilov Akbar Anvarovich — Kuzatuv kengashi raisi
  • Yusupov Aziz Azamatovich — Kuzatuv kengashi aʼzosi
  • Akbarov Kamron Anvarovich — Kuzatuv kengashi aʼzosi
  • Sadikov Ulugʻbek Zaxirovich — Kuzatuv kengashi aʼzosi
  • Tursunbaev Jasur Ravshanbek oʻgʻli — Kuzatuv kengashi aʼzosi

Akilov Akbar Anvarovich 2024 yildan beri kompaniyani boshqarib kelayotgan “UCMG” MChJda 25 foizlik ulushga ega. Kompaniyaning qolgan 75 foiz qismi esa “IMC-Capital” MChJ xorijiy kompaniyasiga tegishli. “IMC-Capital” oʻz navbatida boshqa bir xorijiy Berill Holding Company Limited kompaniyasiga qarashli boʻlib, ushbu kompaniya direktori sifatida Aziz Yusupov koʻrsatilgan.

2024 yil 31 dekabr holatida UZCARD aksiyadorlarining ulushi quyidagicha boʻlgan:

  • “IMC-Capital” MChJ — 75%
  • Kamron Anvarovich Akbarov — 25%

Ammo hozirda davlat reyestrida kompaniya aksiyadorlari roʻyxati yopib qoʻyilgan.

2024 yil iyul oyidan kompaniyaning ijro organi vakolatlari “UCMG” MChJga topshirilgan. Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida boshqaruv kompaniyasiga xizmatlar uchun 42,16 milliard soʻm (oyiga oʻrtacha 4,68 milliard soʻm) toʻlangan. Bu mablagʻlar professional xizmatlar va ofis xarajatlari sifatida hisobga olingan.

Uzcard xarajatlarining katta qismi reklama va mijozlarni jalb qilishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ushbu qism boʻyicha sar-xarajat 123,98 milliard soʻmni tashkil etgan. Shuningdek, asosiy vositalarning eskirish xarajatlari 55,09 milliard soʻmga yetgan.

Kompaniya 2019 yil 3 martdan “IT-Park” rezidenti hisoblanadi. Ushbu maqom doirasida Uzcard soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanmoqda. Hisobotda qayd etilishicha, IT-PArk’ga ajratmalar 27,08 milliard soʻm, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar esa 22,12 milliard soʻmni tashkil etgan.

Shuningdek, Uzcard bogʻliq shaxslarga bozor stavkalaridan pastroq shartlarda qarzlar ajratgani qayd etilgan. 2025 yil 30 sentabr holatiga koʻra, ushbu operatsiyalar boʻyicha kompaniya 13,41 milliard soʻm miqdorida dastlabki tan olingan zararlarni hisobga olgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+