11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

13 921.810 so‘m

decrease

-52.050

166.280 so‘m

decrease

-0.390

11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

Yaqin 2 soat ichida
Bank
12

“Trastbank” Kuzatuv kengashi tarkibida oʻzgarishlar yuz berdi

“Trastbank” aksiyadorlari bank Kuzatuv kengashi aʼzolari sonini 7 nafardan 9 nafarga oshirishni maʼqulladi. Kengash tarkibiga Jasurbek Ataniyazov va Mixail Davыdkin nomzodlari kiritilishi belgilangan.

“Trastbank” Kuzatuv kengashi tarkibida oʻzgarishlar yuz berdi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Trastbank” XAB aksiyadorlari bank Kuzatuv kengashi aʼzolari sonini 7 nafardan 9 nafarga oshirish boʻyicha qaror qabul qildi. Kengash tarkibiga qoʻshimcha ravishda Jasurbek Ataniyazov va Mixail Davыdkin nomzodlari kiritilishi rejalashtirilmoqda.

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining 22 may kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishida Kuzatuv kengashi tarkibini kengaytirish masalasi koʻrib chiqildi.

Yigʻilish bayonnomasiga koʻra, bank aksiyadorlari reyestridagi oʻzgarishlardan soʻng 18 may holatiga bank aksiyadorlari soni 1 188 nafarga yetgan. Amaldagi tartibga muvofiq, aksiyadorlari soni 1 ming nafardan ortiq boʻlgan jamiyatlarda Kuzatuv kengashi kamida 9 kishidan iborat boʻlishi kerak. Shu sababli kengash tarkibini 7 nafardan 9 nafarga oshirish taklif qilingan.

Mazkur masala boʻyicha aksiyadorlar Kuzatuv kengashi sonini 9 kishidan iborat etib belgilashni bir ovozdan maʼqullagan.

Shuningdek, Kuzatuv kengashi tarkibiga qoʻshimcha ravishda Jasurbek Hamidovich Ataniyazov va Mixail Viktorovich Davыdkin nomzodlari kiritilishi belgilangan. Ularning nomzodlari Markaziy bank bilan kelishilganidan hamda bank ustaviga tegishli oʻzgartirishlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng kengash tarkibiga kiritiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+