12 078.470 so‘m

increase

10.870

14 234.480 so‘m

decrease

-5.290

155.230 so‘m

increase

1.520

12 078.470 so‘m

increase

10.870

1 kun avval
Iqtisodiyot
41

Toshkentda ijara narxlari noyabr oyida 5 foizga koʻtarildi

Noyabr oyida Oʻzbekistonda oldi-sotdi bitimlari soni oʻtgan yilga nisbatan 13 foizga koʻpaydi. Toshkent shahrida esa ijara narxlari yillik hisobda 5 foizga oʻsdi. Ayrim hududlarda narxlar pasaygan boʻlsa-da, poytaxtda talab yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Toshkentda ijara narxlari noyabr oyida 5 foizga koʻtarildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Noyabr oyida uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 13,2 foizga oshib, qariyb 25 mingta bitimni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumot berdi.

Yillik hisobda eng yuqori oʻsish Buxoro (35,4%), Qashqadaryo (26,5%) va Samarqand (21,7%) viloyatlarida qayd etildi.

Mamlakat boʻyicha amalga oshirilgan uy-joy bitimlarining qariyb 30 foizi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keladi. Noyabr oyida poytaxtda uy-joy savdosi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga oshdi.

Toshkent shahrida koʻchmas mulk bozori

Yillik hisobda Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlari oʻrtacha 0,9 foizga pasaydi. Aksincha, birlamchi bozorda narxlar 4 foizga oshdi.

Ikkilamchi bozorda narxlarning eng sezilarli pasayishi Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlarida kuzatilib, bu hududlarda oʻrtacha pasayish 5 foizni tashkil etdi.

Birlamchi uy-joy bozorida esa eng yuqori narx oʻsishi Yakkasaroy, Mirobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida qayd etildi. Ushbu hududlarda narxlar oʻrtacha 9 foizga oshgan.

Toshkentda ijara bozori

Noyabr oyida Toshkent shahrida ijara narxlarining oʻrtacha darajasi bir kvadrat metr uchun 8,7 AQSh dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 5 foizga yuqori.

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxlari eng yuqori darajada saqlanib qolmoqda — bu hududlarda bir kvadrat metr uchun oʻrtacha narx 11 dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod va Bektemir tumanlarida ijara narxlarining yillik oʻsishi kuzatilib, oʻrtacha 8 foiz atrofida qayd etildi.

Ikkilamchi uy-joy bozori

Mamlakat boʻyicha ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar yillik hisobda oʻrtacha 7 foizga oshdi. Eng yuqori oʻsish surʼatlari Surxondaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida kuzatilib, mazkur hududlarda narxlar oʻtgan yilga nisbatan oʻrtacha 17 foizga koʻtarildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+