11 778.450 so‘m

increase

5.500

13 198.930 so‘m

decrease

-25.620

138.350 so‘m

decrease

-2.790

11 778.450 so‘m

increase

5.500

35 daqiqa avval
Bank
32

Toshkent viloyatida bank xodimi 100 ming dollar olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida banklardan birining mintaqaviy markazi Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi yer masalasini hal qilib berish evaziga 4,25 mln dollar talab qilganlikda gumon qilinmoqda. U 100 ming dollarni oldindan olayotgan vaqtida ushlangan.

Toshkent viloyatida bank xodimi 100 ming dollar olayotganda ushlandi
Foto: @xavfsizlik_uz Telegram / AI yordamida qayta ishlangan tasvir

Toshkent viloyatida banklardan birining mintaqaviy markazi Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi 100 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga koʻra, bank xodimi 2024 yilda elektron onlayn-auksion orqali otasiga chorvachilik maqsadida foydalanish uchun ijara huquqi asosida sotilgan 16,05 gektar yer maydonini sotish hamda hokimlik zaxirasidagi yana 4 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga u xaridordan jami 4 mln 250 ming AQSh dollari talab qilgan.

DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida bank xodimi talab qilingan pulning 100 ming dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+