12 141.380 so‘m

increase

15.280

14 313.470 so‘m

increase

141.700

160.260 so‘m

increase

1.150

12 141.380 so‘m

increase

15.280

4 soat avval
Iqtisodiyot
84

Toshkent teleminorasining 100 foizlik ulushi “Oʻzbektelekom”ga oʻtdi

Toshkent teleminorasi operatori boʻlgan “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJning 100 foizlik ulushi “Oʻzbektelekom” AKga oʻtkazildi. Shuningdek, “Aloqaloyiha” MChJning ham xuddi shu miqdordagi ulushi kompaniya oʻtdi.

Toshkent teleminorasining 100 foizlik ulushi “Oʻzbektelekom”ga oʻtdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Toshkent teleminorasining 100 foizlik ulushi “Oʻzbektelekom” AK tasarrufiga oʻtkazildi. Bu haqda kompaniyaning korporativ axborotidan maʼlum boʻldi.

Aksiyalarning 10 foiz va undan ortiq ulushiga ega yuridik shaxslar roʻyxatidagi oʻzgarishlarga koʻra, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJning 100 foizlik ulushi endilikda “Oʻzbektelekom” AKga tegishli.

Mazkur MChJ Oʻzbekistondagi eng baland inshoot boʻlgan Toshkent teleminorasining yuridik egasi va operatori hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, Oʻzbekiston davlat televideniye va radioeshittirish tarmogʻining texnik operatori vazifasini ham bajaradi.

Maʼlumot uchun, Toshkent televizion markazi 1956 yil 5 noyabrda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib ishga tushirilgan.

Shuningdek, yana bir oʻzgarishga koʻra, “Aloqaloyiha” MChJning 100 foizlik ulushi ham “Oʻzbektelekom” AKga oʻtkazildi.

“Aloqaloyiha” MChJ Oʻzbekistonda aloqa va axborot texnologiyalari sohasida loyihalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi korxonalardan biri boʻlib, 1958 yil 4 iyulda tashkil etilgan.

Prezidentning 2023 yil 24 martdagi PQ-102-son qaroriga muvofiq “Aloqaloyiha”dagi 100% davlat ulushi ommaviy savdolar orqali toʻliqligicha sotilishi belgilangan edi.


Maʼlumot uchun, kompaniya ustav fondini kapitallashtirish va qoʻshimcha aksiyalar chiqarish jarayoni munosabati bilan Toshkent Respublika fond birjasida “Oʻzbektelekom” AK aksiyalari bilan savdolar 25 fevraldan boshlab ikki oyga toʻxtatilgan. Jamiyat qoʻshimcha aksiyalar chiqarish orqali ustav fondini 326,2 mlrd soʻmdan 978,5 mlrd soʻmga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+