TikTok uchun kurash: endi MrBeast ham platformani sotib olmoqchi
Amerikalik taniqli bloger va filantrop MrBeast (Jimmi Donaldson) TikTok platformasini AQShda bloklanish xavfidan saqlab qolish uchun sotib olishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
13 yanvar kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida MrBeast quyidagicha tvit qoldirdi:
Shuningdek, bloger keyingi postida bir nechta milliarderlarning unga hamkorlik taklif qilganini taʼkidladi:
Nega TikTok sotilishi kerak?
2024 yil aprel oyida AQShda TikTok’ga nisbatan yangi qonun loyihasi qabul qilindi. Ushbu qonunga koʻra, TikTok’ga egalik qiluvchi Xitoy kompaniyasi ByteDance platformani xorijiy kompaniyaga sotishi talab qilinadi. Ushbu talablarga rioya qilish uchun kompaniyaga 9 oy muddat berilgan.
Aks holda, ilova Amerika ilova doʻkonlaridan olib tashlanadi va foydalanuvchilar unga kirish imkoniyatini yoʻqotadi. Bu jarayonning soʻnggi muddati 2025 yil 19 yanvar sanasida tugaydi.
TikTok qanchaga sotib olinadi?
The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilning toʻrtinchi choragida ByteDance dunyoning eng qimmat xususiy kompaniyalaridan biri boʻlib qolmoqda va qariyb 300 milliard dollarga baholangan. Forbes nashri esa TikTok’ning Amerika boʻlimini sotib olish $40-50 mlrd atrofiga tushishini aytib oʻtgan.
Shuningdek, avvalroq Xitoy hukumati TikTok’ning AQShdagi operatsiyalarini boshqa bir xorijiy milliarderga, masalan, Ilon Maskga sotish boʻyicha dastlabki muzokaralar oʻtkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.