11 912.380 so‘m

increase

31.450

13 873.160 so‘m

increase

78.210

153.390 so‘m

increase

0.110

11 912.380 so‘m

increase

31.450

Yaqin 2 soat ichida
Texnologiya
8

Telegram tez orada biometrik Passkey orqali kirishni joriy qiladi

Ushbu texnologiya foydalanuvchilarga akkauntga kodsiz va raqamsiz kirish imkonini beradi. Biometrik tasdiq yoki PIN orqali amalga oshiriladigan bu usul xavfsizlikni oshirib, kirish jarayonini ancha tezlashtiradi.

Telegram tez orada biometrik Passkey orqali kirishni joriy qiladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Telegram yaqin kelajakda Passkey — yaʼni kirish kalitlari orqali avtorizatsiyani yoʻlga qoʻymoqchi.

Android uchun Telegram’ning 12.2.8 Beta-versiyasida bu funksiyaning ilk belgіlari allaqachon paydo boʻldi.

Passkey’ning eng katta qulayligi — akkauntga kirish uchun telefon raqami yoki bir martalik kod kiritishga hojat yoʻqligidadir. Bu pochta orqali kirish yoki Google/Apple ID orqali avtorizatsiyadan farq qiladi, chunki Passkey ularning oʻrnini butunlay bosadi.

Ilovaning ochilish sahifasiga “Log in using passkey” tugmasi qoʻshilgan. Foydalanuvchi uni bosganda telefondagi parol menejeri ishga tushadi. U shaxsni yuzni aniqlash, barmoq izi yoki PIN-kod orqali tasdiqlaydi, keyin Telegram’ga kerakli kalitni yuboradi. Ushbu kalit bir vaqtning oʻzida login, parol va tasdiqlash kodi oʻrnida ishlaydi.

Bu funksiyadan foydalanish uchun uni Telegram’ning maxfiylik sozlamalarida oldindan yoqib qoʻyish kerak boʻladi. Kalit uni yaratgan telefonda saqlanadi, lekin Google Password Manager, iCloud Passwords yoki boshqa parol saqlovchi ilovalar orqali boshqa qurilmalarga ham sinxronlashtiriladi.

Nega bu muhim?

  • SMS’ga bogʻliqlik kamayadi. Operatorlar SMS’ni bloklagan holatlarda ham kirish imkoni boʻladi.
  • Xavfsizlik yuqori. Passkey telefonning himoyalangan hududida saqlanadi, uni fishing orqali qoʻlga kiritib boʻlmaydi.
  • Kirish yanada tez. Faqat bitta biometrik tasdiq — barmoq izi yoki yuzni aniqlash kifoya qiladi. Telefonni yangilaganda esa Passkey Google yoki Apple ID orqali avtomatik oʻtadi.

Hozircha funksiya sinov jarayonida boʻlib, toʻliq ishlamaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+