12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

17 soat avval
Bozor

Telegram 12 yilligiga chiqarilgan sovgʻalar uch daqiqada sotilib, $11 mln daromad keltirdi

Cheklangan kolleksiyaga kirgan oltita turdagi mahsulot orasida eng talabgir ikki sovgʻa atigi 15 soniyada sotilib ketdi.

Telegram 12 yilligiga chiqarilgan sovgʻalar uch daqiqada sotilib, $11 mln daromad keltirdi
Foto: Telegram

Telegram messenjeri 12 yillik “tugʻilgan kuni” munosabati bilan oltita turdagi, umumiy 965 ming dona kolleksion sovgʻalarni sotuvga chiqardi. Kompaniya asoschisi Pavel Durovning yozishicha, mahsulotlar sotuv boshlangach atigi uch daqiqa ichida xarid qilingan.

Eng koʻp talabga ega boʻlgan ikki mahsulot — Durov’s Sunglasses va Resistance Dog sotuvga chiqqanidan 15 soniya oʻtmay sotilib ketdi. Ular faqat Premium obunachilar uchun moʻljallangan boʻlib, cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan.

Durov’s Sunglasses — 30 ming Stars (7 million soʻmdan ortiq) narxda 5 ming dona ishlab chiqarilgan va eng qimmat sovgʻa boʻldi. 

Resistance Dog esa 5 ming Stars (tahminan 1,1 mln soʻm)  narxda sotuvga qoʻyilib, 20 ming dona chiqaruv bilan cheklangan. Ikkala NFT mahsuloti ham sotuvga qoʻyilgach soniyalar ichida tugagan.

Telegram jami oltita turdagi sovgʻani uch daqiqa ichida sotish orqali $11 milliondan ortiq daromad oldi.

Kolleksiyadagi boshqa sovgʻalar orasida qumli qalʼa, syorfing taxtasi va pushti flamingo kabi virtual buyumlar ham bor edi. Ularning barchasi sotuvga chiqarilganidan soʻng juda qisqa vaqt ichida xarid qilindi.


Avvalroq Pinkod Snoop Dogg va Telegram hamkorligidagi NFT kolleksiyasi yarim soat ichida sotilib ketgani haqida yozgan edi

Pavel Durovga koʻra, platforma NFT sotuvidan $12 mln daromad olgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+