11 985.100 so‘m

increase

12.750

13 923.090 so‘m

increase

71.080

148.860 so‘m

increase

1.340

11 985.100 so‘m

increase

12.750

4 kun avval
Bank
113

TBC Bank’ning 9 oylik sof foydasi 89 foizga kamaydi

Joriy yilning 9 oyida bank sof foydasi 30,3 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 244 mlrd soʻmga yoki 88,9%ga kam. 

TBC Bank’ning 9 oylik sof foydasi 89 foizga kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

TBC Bank 2025 yilning yanvar–sentabr oylaridagi moliyaviy natijalarini eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, bankning sof foydasi keskin kamaygan.

Mazkur davrda bankning sof foydasi 30,3 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 244 mlrd soʻmga yoki 88,9%ga kam. Taqqoslash uchun, 2024 yilning 9 oyida TBC Bank 274,4 mlrd soʻm sof foyda qayd etgan edi.

Shunga qaramay, bankning foizli daromadlari sezilarli oʻsishni koʻrsatdi. 2025 yilning 9 oyida TBC Bank 3,2 trln soʻm foizli daromad olgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 92,6% koʻp. Foizsiz daromadlar esa 700 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Operatsion xarajatlargacha boʻlgan sof daromad 684 mlrd soʻmni tashkil etdi. Biroq operatsion xarajatlar keskin oshgani tufayli yakuniy foyda kamaydi. Hisobotga koʻra, bank bu yil operatsion xarajatlarga 607,8 mlrd soʻm, yaʼni oʻtgan yilga nisbatan ikki baravar koʻproq mablagʻ sarflagan.

Xodimlar bilan bogʻliq xarajatlar ham kamaygan. Korporativ maʼlumotga koʻra, xodimlar oyligi va boshqa xarajatlar uchun 31,8 mlrd soʻm sarflangan boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 382,7 foizga kamroq.

Barcha xarajatlar chegirilgandan soʻng TBC Bank’ning sof foydasi 30,3 mlrd soʻm boʻlgan. Davr davomida bank tomonidan toʻlangan soliqlar miqdori 45,9 mlrd soʻmga yetdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+