12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

2 kun avval
Bank

Talabalar uchun imtiyozli taʼlim krediti: shartlar, muddat va banklar roʻyxati

Pinkod kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar uchun imtiyozli taʼlim krediti shartlari va uni ajratayotgan banklar roʻyxatini jamladi.

Talabalar uchun imtiyozli taʼlim krediti: shartlar, muddat va banklar roʻyxati
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijalari eʼlon qilindi.

Kontrakt asosida oʻqishga kirgan ayrim abituriyentlar esa hozirda toʻlov masalasida ikkilanmoqda. 

Shu kabi noaniqliklarni oldini olish maqsadida Pinkod ayni paytda imtiyozli taʼlim krediti ajratayotgan banklar roʻyxatini jamladi.

Taʼlim krediti shartlari

Imtiyozli taʼlim krediti Oʻzbekiston hududidagi barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun bir xil tartibda beriladi. Biroq, 2024/25 oʻquv yilidan boshlab mazkur kredit faqat kunduzgi shaklda tahsil olayotgan talabalarga taqdim etiladi. 

Kreditning yillik foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi darajasida (hozirda 14%) belgilanadi. Agar Markaziy bank stavkasi pasaysa, kredit stavkasi ham shu darajada kamayadi; ammo agar stavka oshsa, kredit stavkasi oʻzgarmasdan qoladi.

Sirtqi, kechki yoki masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotganlar imtiyozli kreditdan foydalana olmaydi. Ular banklardan bozor sharoitida kredit olishlari mumkin.

Xotin-qizlarga ajratiladigan taʼlim krediti foizlari Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan toʻliq qoplanadi.

Shuningdek, “superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga ham imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

Ikkinchi kurs va undan yuqori bosqichda oʻqiyotgan talabalar baholari oʻrtacha “3”dan past boʻlsa, ularga taʼlim krediti maksimal kontrakt summasining 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Kredit olish tartibi

  1. Avvalo, universitet bilan oʻqish uchun shartnoma tuziladi.
  2. Soʻngra talim-krediti.mf.uz sayti yoki my.gov.uz portali orqali kredit uchun ariza yuboriladi.
  3. Kredit oluvchining daromadga ega oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida shartnoma imzolashi mumkin.
  4. Agar talaba ijtimoiy himoya yagona reyestrida roʻyxatda boʻlgan oila farzandi boʻlsa, kafil talab qilinmaydi, faqat birgalikda qarz oluvchi yoki talabaning rasmiy daromadi yetarli boʻlishi kerak.

Taʼlim krediti olish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

— Ariza
— Shaxsini tasdiqlovchi hujjat
— Kreditni qaytarish kafolati (garov, kafil yoki sugʻurta)
— Universitet bilan tuzilgan shartnoma

Quyidagi banklar ayni paytda imtiyozli taʼlim krediti ajratmoqda:

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+