12 073.290 so‘m

increase

21.580

14 158.350 so‘m

increase

149.440

155.160 so‘m

increase

0.470

12 073.290 so‘m

increase

21.580

Yaqin 2 soat ichida
Texnologiya
18

Sunʼiy intellekt orqali shaxsiy maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish uchun javobgarlik belgilandi

Endlikda sunʼiy intellektdan foydalanib shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi. Bunday holatlar uchun 41,2 million soʻmgacha jarima belgilangan hamda huquqbuzarlikda foydalanilgan texnik vositalar musodara qilinadi.

Sunʼiy intellekt orqali shaxsiy maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish uchun javobgarlik belgilandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Sunʼiy intellekt yordamida shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunga bir qator qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslari belgilandi hamda ushbu sohada vakolatli davlat organining vakolatlari aniq koʻrsatib berildi.

Qonunga muvofiq, sunʼiy intellekt — insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish, mustaqil oʻrganish, yechimlarni izlash hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalariga yaqin yoki ular bilan taqqoslanadigan natijalarni taʼminlovchi texnologik yechimlar majmui hisoblanadi.

Shuningdek, insonning huquq va erkinliklariga taalluqli, yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sunʼiy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof tarzda ishlov berish yoki ularni ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoxud internet orqali tarqatish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Bunda huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan vositalar musodara qilinadi hamda aybdorlarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha, yaʼni 41,2 million soʻmgacha jarima solinadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Avvalroq Pinkod Grok sunʼiy intellekti tomonidan X ijtimoiy tarmogʻida bolalar va ayollar tasvirlari ularning roziligisiz nomaqbul tarzda oʻzgartirilgani jamoatchilikda jiddiy muhokamalarga sabab boʻlayotgani haqida xabar bergan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+