12 017.040 so‘m

increase

26.780

13 712.640 so‘m

decrease

-25.800

160.630 so‘m

decrease

-1.600

12 017.040 so‘m

increase

26.780

30 daqiqa avval
Bank
50

SpaceX aksiyalari pasayishi ortidan Ilon Mask trillioner maqomini yoʻqotdi

SpaceX va Tesla aksiyalarining keskin arzonlashishi Ilon Maskning boyligini 1,1 trln dollardan 957 mlrd dollargacha qisqartirdi. Shunga qaramay, u dunyoning eng boy insoni boʻlib qolmoqda.

SpaceX aksiyalari pasayishi ortidan Ilon Mask trillioner maqomini yoʻqotdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Ilon Mask SpaceX aksiyalarining pasayishi va texnologiya kompaniyalari fond bozoridagi ommaviy sotuvlar ortidan trillioner maqomini yoʻqotdi. Bloomberg Billionaires Index hisob-kitobiga koʻra, uning boyligi 957 mlrd dollarga tushgan.

Mask 12 iyun kuni SpaceX’ning tarixiy IPOsidan soʻng dunyodagi ilk trillionerga aylangandi. Kompaniya aksiyalari 135 dollardan joylashtirilib, birinchi savdo kunini 160,95 dollarda yakunlagan. IPO davomida SpaceX 75 mlrd dollar jalb qilgan.

Keyingi kunlarda aksiyalar narxi 211,39 dollargacha koʻtarildi. Biroq 22 iyunga kelib ular uch kun ichida 27 foiz arzonlashib, 154,60 dollargacha tushdi. Natijada SpaceX’ning bozor qiymati qariyb 400,8 mlrd dollarga kamayib, 2,04 trln dollar atrofida shakllandi.

23 iyundagi savdolarda SpaceX aksiyalari dastlab 147,11 dollargacha tushgan, keyinchalik esa tiklanib, 164,04 dollargacha koʻtarilgan. Kompaniya aksiyalarining keskin tebranishi uning yuqori baholanishi va katta miqdordagi xarajatlariga nisbatan investorlar xavotiri bilan izohlanmoqda.

Mask boyligining kamayishiga Tesla aksiyalarining pasayishi ham taʼsir koʻrsatdi. Kompaniya qimmatli qogʻozlari seshanba kungi savdolarda 5,79 foizga arzonlagan. SpaceX va Tesla aksiyalaridagi yoʻqotishlar natijasida Maskning boyligi qisqa vaqt ichida 1,1 trln dollardan 957 mlrd dollarga tushgan.

Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, SpaceX aksiyalari choʻqqidan pasayishi ortidan Maskning boyligi bir hafta ichida 350 mlrd dollargacha qisqargan. Shunga qaramay, u dunyoning ikkinchi eng boy insonidan katta farq bilan oldinda qolmoqda.

SpaceX aksiyalarining pasayishiga kompaniyaning yirik qarz jalb etishi, sunʼiy intellekt loyihalariga katta xarajatlar rejalashtirayotgani hamda IPOdan keyingi yuqori baholanishning barqarorligiga doir shubhalar sabab boʻlgan. Kompaniya 2025 yilda 18,7 mlrd dollar daromad olgan boʻlsa-da, 4,9 mlrd dollar zarar koʻrgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+