12 002.930 so‘m

decrease

-1.550

13 156.410 so‘m

increase

0.700

146.740 so‘m

increase

0.180

12 002.930 so‘m

decrease

-1.550

Yaqin 3 soat ichida
Bank
50

Soʻmdagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 17,1%gacha tushdi — qariyb 5 yillik minimum

Oktabr oyida soʻmdagi muddatli depozitlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 17,1%gacha pasaydi. Koʻrsatkich bir oyda 0,1 foiz punktga, bir yil davomida esa 1,9 foiz punktga tushdi. Bu 2022 yil yanvaridan beri qayd etilgan eng past daraja boʻlib, joriy yilning may oyida ham kuzatilgan edi.

Soʻmdagi omonatlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 17,1%gacha tushdi — qariyb 5 yillik minimum

Oktabr oyida banklar tomonidan milliy valyutada jalb qilingan depozitlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan nominal foiz stavkasi 17,1 foizgacha pasaydi.

Koʻrsatkich bir oyda 0,1 foiz punktga, bir yil ichida esa 1,9 foiz punktga kamaygan. Mazkur stavka jismoniy va yuridik shaxslardan jalb qilingan jami muddatli depozitlarni oʻz ichiga oladi.

Bundan past koʻrsatkich oxirgi marta 2022 yil yanvarida qayd etilgan boʻlib, oʻshanda oʻrtacha stavka 17 foizni tashkil etgan edi.

Taqqoslash uchun, 2023 yil avgustida soʻmdagi muddatli depozitlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 20 foizgacha yetgan. Joriy yilning fevralida esa mazkur koʻrsatkich 19 foizni tashkil etgan edi.

Aholi omonatlarining real daromadliligi pasaydi

Oktabr oyida jismoniy shaxslarning soʻmdagi muddatli omonatlari boʻyicha real foiz stavkasi sentabrdagi 8,9 foizdan 8,5 foizga tushgan.

Pinkod avvalroq xabar berganidek, sentabr oyida aholining omonatlari boʻyicha real daromadlilik soʻnggi 13 oydagi eng yuqori darajaga yetgan edi. Shunga qaramay, oktabrdagi koʻrsatkich bir yil avvalgi 8,2 foizlik darajadan yuqoriligicha qolmoqda.

Yuridik shaxslarning depozitlarida esa teskari tendensiya kuzatilgan. Ularning soʻmdagi muddatli depozitlari boʻyicha real foiz stavkasi bir oyda 1,3 foiz punktga oshib, 6,6 foizga yetgan. Bu kamida soʻnggi 14 oydagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Natijada aholi va biznes depozitlarining real daromadliligi oʻrtasidagi tafovut bir oy ichida 3,6 foiz punktdan 1,9 foiz punktgacha qisqargan.

Xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha stavkalar oshdi

Soʻmdagi depozitlardan farqli ravishda, xorijiy valyutada jalb qilingan muddatli depozitlar boʻyicha oʻrtacha nominal foiz stavkasi oktabr oyida 4,4 foizdan 4,9 foizga koʻtarilgan.

Biroq ushbu koʻrsatkich 2025 yil oktabridagi 5,1 foizlik darajadan 0,2 foiz punktga pastligicha qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning avgust oyida aholining soʻmdagi muddatli omonatlari boʻyicha oʻrtacha nominal foiz stavkasi 18,4 foizgacha pasayib, 5,5 yillik minimumni yangilagan edi. Sentabr va oktabr oylarida ham ushbu koʻrsatkich oʻzgarishsiz qolgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+