12 994.590 so‘m

increase

13.700

14 761.850 so‘m

increase

38.920

157.680 so‘m

decrease

-0.990

12 994.590 so‘m

increase

13.700

16-oktabr, 2024
Soliq

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul berilgani maʼlum qilindi

Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 72 mingdan ortiq murojaat yoʻllangan. 

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul berilgani maʼlum qilindi

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasining xabar berishicha, 2024 yil yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 72 517 ta murojaat kelib tushgan.

Foto: Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiya

Shundan:

  • 66 ming 016 tasi xarid cheki bermaslik;

  • 3 ming 352 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

  • 156 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

  • 2 ming 993 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 39 ming 757 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subʼektida tekshiruv davom etayotganligi sababli koʻrib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 26 ming 400 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 25 ming 870 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 17,2 milliard soʻm mukofot toʻlangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+