11 990.540 so‘m

decrease

-12.390

13 136.840 so‘m

decrease

-19.570

146.240 so‘m

decrease

-0.500

11 990.540 so‘m

decrease

-12.390

Yaqin 1 soat ichida
Iqtisodiyot
41

Shveysariya Gulnora Karimova ishi boʻyicha Oʻzbekistonga yana 252,5 mln dollar qaytaradi

Mablagʻlar “Ishonch — 2030” jamgʻarmasi orqali taʼlim va sogʻliqni saqlash dasturlariga yoʻnaltiriladi. Yangi maktablar qurilishini qoʻllab-quvvatlash, bolalar va oʻsmirlarga tibbiy yordamni yaxshilash hamda ayrim onkologik kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.

Shveysariya Gulnora Karimova ishi boʻyicha Oʻzbekistonga yana 252,5 mln dollar qaytaradi

Oʻzbekiston va Shveysariya oʻrtasida noqonuniy oʻzlashtirilgan aktivlarning navbatdagi qismini qaytarish boʻyicha bitim 24 noyabr kuni tasdiqlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berishicha, bitim 252,5 mln dollarni qaytarishni nazarda tutadi.

Shveysariya Tashqi ishlar departamenti maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonga qaytarilayotgan aktivlar Gulnora Karimova va unga aloqador shaxslarga nisbatan yuritilgan jinoyat ishlari doirasida Shveysariyada musodara qilingan.

252,5 mln dollar qayerga yoʻnaltiriladi?

Mablagʻlarni taqsimlash strategiyasining ikkinchi bosqichini iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fazilkarimov, Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Simone Giger va BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl imzolagan. Strategiyada ikki yoʻnalish ustuvor deb belgilangan.

  • Sogʻliqni saqlash. Bolalar va oʻsmirlarga tibbiy yordamni yaxshilash, kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, ayrim onkologik kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish.
  • Taʼlim. Maktab infratuzilmasini yaxshilash, yangi maktablar qurilishini qoʻllab-quvvatlash, taʼlimga raqamli texnologiyalarni joriy etish va oʻqituvchilar malakasini oshirish.

Vazirlikka koʻra, qishloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan aholiga ustuvor ahamiyat beriladi. Loyihalar Oʻzbekiston hukumati bilan hamkorlikda BMT va Jahon banki ishtirokidagi dasturlar orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoringda ishtirok etishi ham koʻzda tutilgan.

Birinchi bosqichda qancha mablagʻ yoʻnaltirilgan?

Jamgʻarmaning birinchi bosqichida sogʻliqni saqlash va taʼlimga 87 mln dollar yoʻnaltirilgan. Bu mablagʻlar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, perinatal yordamni yaxshilash va oʻqituvchilarning raqamli koʻnikmalarini rivojlantirishga ajratilgan. Ikkinchi bosqichda qaytarilishi koʻzda tutilgan summa birinchi bosqichda shu ikki sohaga yoʻnaltirilgan mablagʻdan qariyb 2,9 baravar koʻp.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+