12 275.580 so‘m

decrease

-11.730

14 591.980 so‘m

decrease

-52.040

159.090 so‘m

increase

0.260

12 275.580 so‘m

decrease

-11.730

Yaqin 2 soat ichida
Bank
25

Shavkat Mirziyoyev avtokreditlar boʻyicha foiz stavkalarini tushirishni topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy avtomobillarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish maqsadida avtokredit stavkalarini pasaytirish va kredit hajmini kengaytirish boʻyicha topshiriq berdi. Shu bilan birga, avtomobil sanoatida ishlab chiqarish hajmini oshirish va kooperatsiyani chuqurlashtirish vazifalari belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev avtokreditlar boʻyicha foiz stavkalarini tushirishni topshirdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda avtokredit stavkalarini pasaytirish va kredit hajmini kengaytirish boʻyicha choralar koʻriladi. Bu orqali aholining mahalliy avtomobillarga boʻlgan talabini ragʻbatlantirish koʻzda tutilmoqda.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda topshiriq berdi.

Yigʻilishda qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda yiliga 650 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega toʻrtta yirik korxona faoliyat yuritmoqda. 2026 yilda 300 dan ortiq mahalliy korxona bilan kooperatsiya asosida yana 763 turdagi ehtiyot qism va detal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 510 ming donaga yetkazish vazifasi belgilandi.

Shu bilan birga, dehqon va fermerlar orasida bogʻdorchilik traktorlari, koʻchat ekish, hosil yigʻish hamda kartoshka kavlashga moʻljallangan agrotexnikalarga talab ortib borayotgani maʼlum qilindi. 

Agar Chirchiqdagi klaster toʻliq quvvatda ishlasa, texnikalar arzon narxlarda ishlab chiqarilib, lizing kompaniyalari orqali qulay moliyaviy instrumentlar taklif etilsa, fermerlar yiliga kamida 15 ming dona texnika xarid qilishga tayyor ekani bildirildi.

Davlat rahbari umuman olganda, avtomobil sanoati mutasaddilariga barcha mavjud imkoniyatlarni chuqur tahlil qilgan holda, joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini qayta koʻrib chiqish va 10,5 foizlik oʻsish surʼatini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+