12 236.130 so‘m

increase

23.340

14 439.860 so‘m

increase

28.770

159.100 so‘m

decrease

-0.420

12 236.130 so‘m

increase

23.340

07-yanvar, 14:01
Bank
324

Sergey Gimadiyev Anorbank Kuzatuv kengashi raisining katta maslahatchisi etib tayinlandi

Kapitalbank, Uzum Bank va Apex bank’da rahbarlik lavozimlarida ishlagan Sergey Gimadiyev Anorbank Kuzatuv kengashi raisining katta maslahatchisi etib tayinlandi.

Sergey Gimadiyev Anorbank Kuzatuv kengashi raisining katta maslahatchisi etib tayinlandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Sergey Gimadiyev Anorbank Kuzatuv kengashi raisining katta maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda u oʻzining LinkedIn sahifasida maʼlum qildi.

Gimadiyev Sergey Abdulxayevich 1980 yilda Nijniy Novgorod shahrida tugʻilgan. U Toshkent moliya institutida bank ishi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda boshlagan boʻlib, bank-moliya sohasida 20 yillikdan ortiq ish tajribasiga ega. Faoliyati davomida bir qator bank va fintex kompaniyalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Xususan, 2019–2021 yillarda Kapitalbank boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Apelsin raqamli bankini tashkil etish va rivojlantirish jarayonlariga bevosita rahbarlik qilgan.

2020 yil noyabridan 2023 yil iyun oyigacha Uzum Bank (Bank Apelsin) boshqaruvi raisi

2023–2024 yillarda Gimadiyev Asia Alliance Bank boshqaruv raisi lavozimini egallagan. 2024 yil may oyida esa Apex Bank boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Bir yil oʻtib, 2025 yil may oyida, bank boshqaruv raisi etib tayinlandi.

2025 yil dekabr oyining boshida uning Apex Bank boshqaruv raisi lavozimidagi vakolatlari tugatilgani maʼlum boʻldi. Uning oʻrniga InFinBank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilgan Olga Numanova bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Avvalroq Numanova bankka boshqaruv raisining oʻrinbosari sifatida ishga oʻtgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+