12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

06-yanvar, 17:47
Texnologiya

Samsung smart televizorlar uchun yangi Vision AI funksiyalarini taqdim etdi

Samsung smart televizorlari sunʼiy intellektga asoslangan Live Translate, Circle to Search, Generative Wallpaper va boshqa funksiyalar bilan jihozlanadi. Ushbu yangi AI imkoniyatlarini Samsung’ning Smart TV’lari, jumladan, OLED, QLED, Neo QLED va The Frame modellari qoʻllab quvvatlaydi.

Samsung smart televizorlar uchun yangi Vision AI funksiyalarini taqdim etdi
Foto: Samsung

Samsung Electronics CES 2025 koʻrgazmasida oʻzining premium televizorlar turkumi uchun Vision AI nomi ostida yangi takomillashtirishlar toʻplamini taqdim etib, kompaniyaning sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi faoliyatini yanada kengaytirmoqda.

Ushbu funksiya foydalanuvchilarga Samsung smart televizorlarida koʻproq qulayliklar va sunʼiy intellekt yordamida qoʻshimcha imkoniyatlar beradi. Vision AI ichiga quyidagilar kiradi: Live Translate, Circle to Search, Generative Wallpaper, Home Insights, va Pet and Family Care.

Live Translate – tezkor tarjima qilish texnologiyasi

Samsung televizorlaridagi sunʼiy intellekt asosidagi Live Translate funksiyasi video yoki subtitrlardagi matnni real vaqt rejimida tarjima qiladi.

Circle to Search – ekrandagi maʼlumotni tez topish

Circle to Search funksiyasi esa ekrandagi har qanday narsaga oid maʼlumotni topish imkonini beradi. Masalan, film yoki shou tomosha qilayotganda biror aktyorning ismini bilish istagi paydo boʻlsa, ushbu vositadan foydalanib tezda maʼlumot olish mumkin.

Generative Wallpaper – qoʻlbola sozlanadigan fonlar

Generative Wallpaper yordamida foydalanuvchilar AI texnologiyasidan foydalangan holda oʻzlarining Samsung televizorlari uchun maxsus fon suratlarini yaratishlari mumkin.

Home Insights va Pet and Family Care

Ushbu funksiya televizorni uy monitoringi markaziga aylantiradi. U orqali xavfsizlik ogohlantirishlarini qabul qilish, uy yoritgichlarini boshqarish, uy hayvonlarni kuzatish kabi imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin.

“Samsung televizorlarni bir tomonlama passiv tomosha qilish vositalari emas, balki sizning ehtiyojlaringizga moslashadigan interaktiv, aqlli hamkorlar sifatida koʻradi”, - dedi kompaniyaning vizual displey biznes boʻlimi rahbari S.U. Yong oʻz bayonotida.

Qariyb yigirma yil davomida dunyodagi eng yirik televizor sotuvchisi boʻlib kelayotgan Janubiy Koreya kompaniyasi, shuningdek, oʻzining VisionAI toʻplamini hamkorlarning qoʻshimcha imkoniyatlari bilan kengaytirish maqsadida Microsoft va Google kompaniyalari bilan hamkorlik qilishini maʼlum qildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+