12 199.100 so‘m

increase

30.120

14 585.240 so‘m

decrease

-2.930

160.490 so‘m

increase

0.600

12 199.100 so‘m

increase

30.120

2 kun avval
Bozor
125

Rekorddan qulash: oltin narxi 5 000 dollardan pastga tushdi

Oltin narxi 30 yanvar kuni 4 950 dollargacha pasaydi. Rekord oʻsishdan soʻng investorlarning foyda olish uchun sotishga kirishishi va AQSh dollarining mustahkamlanishi narxlarga keskin bosim oʻtkazmoqda.

Rekorddan qulash: oltin narxi 5 000 dollardan pastga tushdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oltin narxi ketma-ket rekord darajalarni yangilaganidan soʻng sezilarli pasayishni boshladi. 30 yanvar kuni tushdan keyin qimmatbaho metall narxi 5 000 dollardan pastga tushib ketdi.

Bir kun avval oltinning bir unsiyasi 5 555 dollar atrofida savdo qilinayotgan edi. Kun davomida narxlar 500 dollardan koʻproqqa pasaydi, joriy sessiyada esa tushish 7,6 foizni tashkil etdi. Savdolar chogʻida eng past narx 4 950 dollargacha yetdi.

Xabar tayyorlanayotgan paytda (14:49, Toshkent vaqti) oltinning bir unsiyasi 4 990 dollardan sotilmoqda. Bir gramm sof oltin narxi esa 160,4 dollarni tashkil etmoqda.

Bunga qadar Oʻzbekistonda oltin quymalari jahon bozoridagi tendensiyalar bilan sinxron ravishda qimmatlashib kelayotgan edi. Global bozorda narxlar keskin pasayganini inobatga olsak, ertaga ichki bozorda ham oltin narxining pasayishi ehtimoli yuqori.

Nega narxlar tushmoqda?

Kecha oltin narxi bir unsiya uchun 5 594 dollardan oshib, tarixiy rekordni qayd etgandi. Narxlarning bunday tez va keskin oʻsishi investorlar tomonidan faol foyda olish (profit-taking) jarayonini boshlab berdi. Natijada bozor keskin, ammo qisqa muddatli tuzatishga duch keldi.

Bundan tashqari, oltin AQSh dollarida baholanadi. Dollar kursi mustahkamlanganda, boshqa valyutalarda hisob-kitob qiluvchi investorlar uchun oltin qimmatroq koʻrinadi, bu esa talabni pasaytirib, narxlarga bosim oʻtkazadi. Soʻnggi kunlarda dollar koʻp yillik eng past darajalaridan qisman tiklana boshladi.

Shunga qaramay, 2026 yil 29–30 yanvar kunlaridagi keskin tebranish va pasayishlarga qaramasdan, aksariyat tahlilchilar oltinning uzoq muddatli istiqbolini ijobiy (bullish) deb baholamoqda. Bunga global iqtisodiy noaniqliklar, geopolitik xatarlar va markaziy banklar tomonidan oltinga boʻlgan kuchli talab asosiy omil boʻlib qolmoqda.

Qayd etish joiz, joriy tuzatishdan oldin oltin narxi soʻnggi bir yil ichida allaqachon 98 foiz oʻsishga erishgan edi.


Avvalroq Pinkod Bitcoin narxi soʻnggi ikki oydagi eng past darajaga tushib ketgani haqda yozgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+