11 987.160 so‘m

increase

13.680

13 393.250 so‘m

decrease

-43.390

146.290 so‘m

decrease

-0.300

11 987.160 so‘m

increase

13.680

19 daqiqa avval
Iqtisodiyot
75

Reklama qonunchiligini buzgan 12 nafar bloger javobgarlikka tortildi

Raqobat qoʻmitasi 110 nafar blogerning sahifalaridagi reklamalarni har kuni tekshirmoqda. Monitoringda 12 nafar bloger qonunga zid reklama joylashtirgani aniqlanib, ularga maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllangan. Xonandalar, aktyorlar va sportchilarning reklama chiqishlari ham muntazam kuzatib borilmoqda.

Reklama qonunchiligini buzgan 12 nafar bloger javobgarlikka tortildi

Raqobat qoʻmitasi 110 nafar blogerning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarini har kuni kuzatib bormoqda. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Monitoring davomida ularning 12 nafari qonunchilikka zid reklama joylashtirgani aniqlanib, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Qoʻmita xonandalar, aktyorlar va sportchilarning reklama chiqishlarini ham tekshirmoqda.

Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, monitoring uchun ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger roʻyxati shakllantirilgan. Ularning sahifalaridagi reklama materiallari “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganilmoqda.

Aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 12 nafar blogerga maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllangan. Xabarda ularning ismlari, qaysi reklamalar qonunga zid deb topilgani va qoʻllangan jazo tafsilotlari ochiqlanmagan.

Bundan tashqari, keng jamoatchilikka tanilgan xonandalar, aktyor va aktrisalar hamda sportchilarning alohida roʻyxati tuzilgan. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga oid chiqishlari ham muntazam kuzatib borilmoqda.

Qoʻmita reklama beruvchilar, uni tayyorlovchilar va tarqatuvchilarni, jumladan, blogerlar hamda mashhur shaxslarni qonun talablariga rioya etishga chaqirdi. Xususan, reklamada isteʼmolchini chalgʻitadigan yoki tovar va xizmatlar haqida notoʻgʻri tasavvur uygʻotadigan axborotni tarqatmaslik zarurligi taʼkidlandi.

Raqobat qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar ustidan monitoringni kuchaytirishini bildirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+