Rasmiy dollar kursi 12 400 soʻmdan pastga tushdi
10 sentabr kuni amalda boʻladigan dollar kursi 84 soʻmdan koʻproqqa arzonlab, 12 355,14 soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda AQSh dollari kursi ketma-ket ikkinchi savdo sessiyasida pasaymoqda.
Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 10 sentabr kuni amalda boʻladigan dollar kursi 84,27 soʻmga arzonlab, 12 355,14 soʻmni tashkil etdi.
Shu tariqa, soʻnggi ikki kunda milliy valyuta dollarga nisbatan 160 soʻmdan ortiq mustahkamlandi.
Boshqa xorijiy valyutalarning rasmiy kurslari ham eʼlon qilindi:

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil avgust oyida oʻzbek soʻmi AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanishda davom etdi. Milliy valyuta bir oy ichida 109,32 soʻmga (0,87%) qimmatlashib, 12 482,38 soʻmni tashkil etdi.
Oyning birinchi yarmida kurs 12 720–12 500 soʻm oraligʻida shakllangan boʻlsa, ikkinchi yarmida soʻm keskin mustahkamlanib, 276 soʻmdan koʻproq oshdi va 2023 yil 7 dekabrdan buyon eng yuqori darajaga chiqdi. Biroq oxirgi kunlarda kurs yana 176,58 soʻmga koʻtarilib, avvalgi pasayishni qisman qopladi.
Avgust holatiga koʻra, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida milliy valyuta dollarga nisbatan 438 soʻmga yoki 3,39 foizga mustahkamlandi.