12 410.990 so‘m

decrease

-85.950

14 237.890 so‘m

decrease

-167.330

158.380 so‘m

decrease

-1.000

12 410.990 so‘m

decrease

-85.950

4 kun avval
Bank

Rasmiy daromadi yoʻq shaxslar uchun kredit olish yoʻllari kengaymoqda

23 iyundan boshlab yangi “Alternativ skoring” tizimi orqali rasmiy daromadi boʻlmagan shaxslarning bank kartasi harakatlari, kommunal toʻlovlari va boshqa maʼlumotlari asosida kredit reytingi shakllantiriladi. Bu esa ularning kredit olish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

Rasmiy daromadi yoʻq shaxslar uchun kredit olish yoʻllari kengaymoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 23 iyundan boshlab rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslar uchun yangi kredit hisoboti – “Alternativ skoring” tizimi ishga tushadi. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tizim rasmiy daromadi qayd etilmagan fuqarolarga ham kredit olish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi. “Alternativ skoring” orqali fuqarolarning moliyaviy intizomi va toʻlov imkoniyati quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • soʻnggi 12 oydagi bank kartasi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar;
  • Majburiy ijro byurosidagi maʼlumotlar (shu jumladan, aliment toʻlovlari);
  • soʻnggi 12 oyda amalga oshirilgan kommunal toʻlovlar.

Mazkur maʼlumotlar asosida mijozning toʻlovga layoqatlilik darajasini ifodalovchi skoring bali shakllantiriladi. Banklar aynan shu bal asosida qarz ajratish yoki rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.

Xizmat narxi qancha?

“Alternativ skoring” hisoboti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,05 barobari (QQSsiz) miqdorida toʻlov undiriladi. Bugungi kunda bu 18 750 soʻmni tashkil etmoqda. 2025 yil 1 avgustdan boshlab esa, BHM oʻzgarishi munosabati bilan narx 20 600 soʻmgacha oshadi.


Avvalroq Pinkod Markaziy bank tahliliga asoslanib, mahsulot xarid qilishda bank krediti va nasiya savdoning qaysi biri foydaliroq ekani yuzasidan tahliliy maqola eʼlon qilgan edi. Ushbu maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

Bank krediti yoki nasiya savdo: qaysi biri haqiqatan ham foydaliroq?


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+