12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

14 871.640 so‘m

decrease

-106.470

159.750 so‘m

decrease

-2.910

12 653.480 so‘m

decrease

-109.050

4 kun avval
Bank

Qozogʻistonning Halyk Banki Click’ning 49 foiz aksiyalarini $176,4 mlnga sotib oldi

Strategik kelishuv doirasida Qozogʻistonning Halyk Banki Click AJ’ning 49% aksiyalarini $176,4 mlnga sotib olmoqda.

Oʻz navbatida, Click aksiyadorlari Halyk Bank’ning Oʻzbekistondagi shoʻba banki — Tenge Bank ATBning 49 foiz aksiyalarini $60,76 million evaziga xarid qiladi.

Qozogʻistonning Halyk Banki Click’ning 49 foiz aksiyalarini $176,4 mlnga sotib oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

Qozogʻistonning yetakchi moliyaviy muassasalaridan biri — Halyk Bank, Oʻzbekistonning eng yirik toʻlov tizimlaridan biri hisoblangan Click AJ’ning 49 foiz aksiyalarini $176,4 million evaziga xarid qildi. Bu haqda rasmiy bayonot London fond birjasi orqali eʼlon qilindi.

Bitim doirasida tomonlar bir-birining shoʻba korxonalaridagi ulushlarini oʻzaro xarid qiladi.

  • Kelishuvga koʻra, Halyk Bank Click kompaniyasining 49 foiz aksiyalarini $176,4 million evaziga sotib oladi. 
  • Oʻz navbatida, Click aksiyadorlari Halyk Bank’ning Oʻzbekistondagi shoʻba banki — Tenge Bank ATBning 49 foiz aksiyalarini $60,76 million evaziga xarid qiladi.

“Bitim tuzilmasi tomonlarga yaqin hamkorlikda ishlash imkonini beradi, shu bilan birga ularning har biri mustaqil yuridik shaxs maqomini saqlab qoladi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

  • ATB Tenge Bank — Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan, Halyk Bank’ga toʻliq tegishli boʻlgan universal tijorat banki hisoblanadi. Bank Oʻzbekiston Markaziy bankidan 2019 yil 18 mayda bank litsenziyasini olgan va 2019 yil 10 iyuldan boshlab mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshlagan.
  • Click — Oʻzbekistondagi eng yirik toʻlov tashkilotlaridan biri hisoblanib, unga 2011 yilda uch nafar hamkor — maktabdoshlar maktabdoshlar Ulugʻbek Rustamov, Rustam Fayziyev hamda ularning bank sohasidagi tanishi Baxodir Abdukadirov tomonidan asos solingan.

Kompaniyaning 2024 yildagi sof foydasi 295,1 mlrdni tashkil qilgan. Bu natija 2023 yildagi 205,2 milliard soʻmlik foydaga nisbatan 43,8 foizga koʻpdir. Click’ning yillik foydasi mamlakatdagi banklarning 69,4 foizining (25 ta) foydasidan yuqoriroqdir.


Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar oyida Paynet kompaniyasi Oʻzbekistondagi milliy toʻlov tizimi HUMO’ning 100% aksiyalarini $65 million evaziga sotib olgani maʼlum boʻlgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+