11 794.880 so‘m

decrease

-25.520

13 685.600 so‘m

increase

1.120

138.670 so‘m

decrease

-0.380

11 794.880 so‘m

decrease

-25.520

Yaqin 29 daqiqa ichida
Texnologiya
33

Qirgʻizistonda Telegram va yana 10 ta xorijiy servis bloklanishi mumkin

Qirgʻiziston soliq xizmati Telegram, Microsoft, Pinduoduo va boshqa yirik xorijiy kompaniyalarning mamlakatdagi servislariga kirishni cheklashi mumkin. Bunga kompaniyalar Qirgʻizistonda elektron xizmatlar koʻrsatayotganiga qaramay, soliq roʻyxatidan oʻtmagani sabab boʻlmoqda.

Qirgʻizistonda Telegram va yana 10 ta xorijiy servis bloklanishi mumkin

Davlat soliq xizmati tijorat banklari bilan birgalikda oʻtkazgan tahlilda Qirgʻiziston rezidentlaridan katta miqdorda pul olayotgan, biroq soliq hisobiga qoʻyilmagan 11 ta xorijiy kompaniyani aniqlagan.

Roʻyxatga Pinduoduo operatori Shanghai Xunmeng Information Technology, Alibaba Group Holding Limited’ning 1688 platformasi, Microsoft, Telegram, VK, Valve, Sony Interactive Entertainment, Epic Games, Electronic Arts, Twitch va Dropbox kirgan.

Soliq xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2024–2025 yillarda Qirgʻiziston fuqarolari ushbu kompaniyalar foydasiga qariyb 15,9 mln tranzaksiya amalga oshirgan. Toʻlovlarning umumiy qiymati 13,2 mlrd somdan oshgan.

Pul oqimining asosiy qismi Pinduoduo, Alibaba va Microsoft hissasiga toʻgʻri kelgan. Pinduoduo’ga 8,89 mlrd som, Alibaba’ga 2,83 mlrd som, Microsoft’ga esa 1,01 mlrd som yoʻnaltirilgan.

Shu tariqa, Pinduoduo va Alibaba umumiy toʻlovlarning qariyb 89 foizini tashkil qilgan. Microsoft bilan birga hisoblanganda esa ushbu uch kompaniyaning ulushi 96 foizdan oshadi.

Bloklashga sabab nima?

Gap kompaniyalarning kontenti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati haqida emas. Muammo Qirgʻizistonning elektron xizmatlarga qoʻyilgan soliq talablari bilan bogʻliq.

Mamlakatda 2022 yil 1 yanvardan xorijdan turib elektron xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar Qirgʻizistonda soliq roʻyxatidan oʻtishi va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatidan 12 foiz QQS toʻlashi kerak. Ushbu tizim koʻpincha “Google soligʻi” deb ataladi.

Hozirgacha bu tartibda 73 ta xorijiy kompaniya soliq roʻyxatidan oʻtgan. Yuqoridagi 11 kompaniya esa Qirgʻizistonda sezilarli pul aylanmasiga ega boʻlishiga qaramay, hisobga qoʻyilmagan.

Qirgʻiziston soliq xizmati kompaniyalarga bir necha bor rasmiy murojaat qilganini, shuningdek Tashqi ishlar vazirligi orqali diplomatik kanallar bilan ham xatlar yuborilganini bildirgan. Idora maʼlumotiga koʻra, hozircha kompaniyalardan javob olinmagan.

Agar kompaniyalar soliq talablarini bajarmasa, soliq xizmati ularning elektron servislariga Qirgʻiziston hududida kirishni cheklash tashabbusi bilan vakolatli organlarga murojaat qilishi mumkin.

Shu sababli Telegram va boshqa servislar hozircha bloklangan emas. Hozirgi bosqichda gap soliq talablariga rioya qilinmasa, ularga kirishni cheklash jarayoni boshlanishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish haqida ketmoqda.

 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+